“BIRINChI QOʻNGʻIROQ” TADBIRIDA TUMAN HOKIMI IShTIROK ETDI (+video)
Yurtimizda barcha maktablarda birinchi qoʻngʻiroq sadolari yangrab, yangi oʻquv yili boshlandi. Taʼtilda miriqib dam olgan oʻquvchilar yana jonajon maktab quchogʻiga qaytadilar.
5-sentyabr kuni tumanimizdagi 26-son umumtaʼlim maktabida ham “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri boʻlib oʻtdi. Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrilgan mazkur maktabda oʻtkazilgan tadbirda oʻqituvchi va oʻquvchilardan tashqari, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, maktabning sobiq oʻquvchisi, ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qon quyish markazi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Aymurod Quvondiqov hamda faxriy ustoz oʻqituvchilar, mahalla faollari va ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbirga tashrif buyurgan tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Respublika Qon quyish markazi direktori Aymurod Quvondiqovlar maktabdagi oʻquvchilik davrlarida erishgan yutuqlari haqida oʻquvchilarga soʻzlab berdilar va ularga yangi oʻquv yilidagi oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilab, Vatanimiz kelajagining yanada porloq boʻlishiga munosib hissa qoʻshish uchun koʻp bilim olish kerakligini taʼkidlab oʻtdilar. Shundan soʻng, maktab direktori Yalgʻashboy Shomurodov, faxriy oʻqituvchilar va ota-onalar soʻzga chiqib, barcha oʻqituvchi va oʻquvchilarga boshlanayotgan yangi oʻquv yilida omad yor boʻlishini, “Bilimlar bellashuvi”, Fan olimpiadalarida koʻplab yutuqlarga erishishlarini tilab, tabrikladilar.
Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur tadbirga yanada fayz kiritdi.
Maktabda “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiridan soʻng, oʻquvchilar “Mustaqillik darsi”ni oʻtdilar.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶