OQ OLTIN OVULIDA YoNGʻIN XAVFSIZLIGI BOʻLIMINING OʻQUV-TAKTIK MAShQI OʻTKAZDI
Kundalik turmushda foydalaniladigan olov nazoratsiz qoldirilsa, insonlarga juda katta talofat yetkazadi. Nazoratsiz qolgan olov yongʻinga aylansa, yillar davomida qancha mehnat evaziga bunyod boʻlgan moddiy boyliklarni bir zumda yoʻq qiladi. Insonlarga ham moddiy, ham maʼnaviy zarar keltiradigan bunday favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tuman Yongʻin xavfsizligi boʻlimi tomonidan oʻquv-taktik mashqi tashkil etildi.
Oq oltin ovulidagi “Amudaryo” paxta tozalash hissadorlik jamiyati binosida oʻtkazilgan oʻquv-taktik mashqi magʻulotlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi kuch va vositalarini taqsimlovchi guruhi xodimlari qatnashdi. Mashgʻulotlarga 5 ta texnika jalb etildi. Texnikalarning 3 tasi asosiy yongʻin oʻchirish mashinalari boʻlib, 2 tasi (AN)-30 rusumli va (PNS)-110 rusumli maxsus mashinalardan iborat boʻldi.
Oʻquv-taktik mashqida yongʻin xavfsizligi xodimlari va 18 nafar yongʻinga qarshi kurashish drujinachilari ishtirokida paxta gʻaramida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinni bartaraf qilish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi. Mashgʻulotlarda asosan yongʻin paytidagi jangovar harakatlar koʻrsatib berildi.
Oʻquv-taktik mashq mashgʻulotlarida yongʻinning oldini olish, uni bartaraf qilish choralari amaliy koʻrsatildi hamda ishtirokchilar bu boʻyicha yetarli tushunchaga ega boʻldilar.
Hamro Matyoqubov, tuman Yongʻin xavfsizligi boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶