UMUMXALQ XAYRIYa HAShARI UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZILDI

Shu yilning 18-19-avgust kunlarida Amudaryo tumanida oʻtkazilgan umumxalq xayriya hasharida 50 mingdan ziyod korxona, tashkilot va muassasalar ishchi-xizmatchilari haqida aholi ishtirok etdi. Bu galgi umumxalq xayriya hasharida ham yoshlar gʻayrat-shijoat namunalarini koʻrsatadilar.

Umumxalq hayriya hashari davomida tumanda 62 gektar maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, jami 58 tonna maishiy chiqindi tashqariga olib chiqildi, 48 km uzunlikdagi ariq-zovurlar tozalandi, 15 ta qabriston va 1 ta ziyoratgoh obodonlashtirildi, 35 ming tupga yaqin daraxtlarga shakl berildi.
Bu ishlarni amalga oshirishda 29 ta texnika vositalari jalb etildi.
Ushbu umumxalq xayriya hashari davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ham koʻrsatildi. Jumladan 12 ta oilaning uy-joylarini taʼmirlashga yordam koʻrsatilib, bu ishlarga 400 ming soʻmdan ziyod mablagʻlar sarflandi. Shuningdek, 29 ta ehtiyojmand oilalarga, 6 nafar nogiron va yolgʻiz qariyalarga ham moddiy yordam koʻrsatildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶