HARBIY QISMLARDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI
Respublikamiz Prezidenti tomonidan bu yilgi mustaqillik bayramini munosib nishonlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot guruhi aholi oʻrtasida turli uchrashuv va tadbirlar tashkillashtirmoqda.
Tumandagi 92 02 “K” va “D” harbiy qismlarida targʻibot guruhi tomonidan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostida yana bir tadbir oʻtkazildi. Harbiy qismdagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun oʻtkazilgan ushbu tadbirga Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi Rajab Rajabov, markazning Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi Quvonch Yusupov, tuman boʻlimi rahbari Mahmud Safarboyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Hamid Toshpoʻlatov, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ravoj Oʻtarboyev, 9-son bolalar Musiqa maktabi direktori Yoʻldosh Abdalovlar qatnashdilar.
Vatan haqidagi yuksak tuygʻular eʼtirof etilgan ushbu tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi va harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolariga bayram kayfiyatini bagʻishladi.
E.ALYaMINOV, 92 02 harbiy qism serjanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶