ÖQUVÇILAR UÇUN YaGONA MAKTAB FORMASINING AFZALLIKLARI KÖP
Mening öqituvçilik faoliyatimni boşlaganimga 8-yil böldi. Ötgan şu sakkiz yil mobaynida özim bolaligimdan orzu qilganim öqituvçilik kasbining maşaqqatini, zalvorini tobora çuqurroq his qilayapman. Çunki turli oilada turliça tarbiya körgan öttiz nafarça bolalar bilan muomala qiliş, köngliga yöl topiş, ularning diqqat-eʼtiborini ötilayotgan dars maşğulotiga jalb qila oliş oson iş emas. Baʼzan ayrim öquvçilar bilan alohida suhbatlaşiş yaxşi samara bersa, baʼzilarini örtoqlari oldida rağbatlantiriş orqali yölga solamiz.
Öquvçilarning ota-onalari ötkaziladigan yiğilişlarda baʼzan kiyiniş borasida eʼtirozlar bildirişadi. Falon sömga yaqindagina yangi kiyim olib bergandim, formaga öxşaydi, kiyaversin, deyişadi. Baʼzi onalar esa qimmatbaho kiyimlarni tanlaşga intilişadi. Xullas, öquvçilarning kiyinişi doimo munozara, eʼtiroz, takliflarga sabab bölar edi.
Yangi öquv yili boşlanişi oldidan barça öqituvçilar uçun muhim va quvonarli yangilik böldi: şu yilning 15-avgustida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilarining kiyiniş madaniyati va tartib-intizomga amal qiliş könikmalarini mustahkamlaş, salomatliklarini muhofaza qiliş uçun tegişli şart-şaroitlar yaratiş, maʼnaviy va jismoniy soğlom avlodni kamol toptiriş maqsadida “Davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 666-sonli Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasining şakllari hamda davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etiş töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga köra, umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari 2018-2019 öquv yilida davlat umumiy örta taʼlim muassasasiga tasdiqlangan şakllardagi maktab formasida kelişlari ixtiyoriy, 2019-2020 öquv yilidan boşlab esa majburiydir.
Qarorning muhim jihatlaridan biri şuki, aholining farzandlari uçun maktab formasi sotib olişlariga imkoniyat yaratiş maqsadida istagan kişiga olti oydan kam bölmagan muddatga kreditlar ajratilişi belgilangan.
Yagona maktab formasining joriy etilişi öquvçilar örtasida ijtimoiy tenglikni mustahkamlaydi va sifatli taʼlim-tarbiya olişlari uçun şaroit yaratadi.
Qaror endilikda öqituvçilar va ota-onalar orasida öquvçilarning maktabga qanday kiyimda kelişi borasidagi barça kelişmovçiliklariga barham berişi bilan juda ahamiyatli hujjat deb hisoblayman.
Nafisa SAFARBOYeVA, 31-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶