18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 14:18
Jamiyat 👁 800

Amudaryoda “Yosh oilalar va qizlar” forumi oʻtkazildi

Amudaryoda “Yosh oilalar va qizlar” forumi oʻtkazildi

Bugungi kunda yoshlar, ayniqsa qiz bolalarni tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashiga yordam berish, mustaqil hayotga tayyorlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, erta nikohlarning oldini olish, urf-odat va marosimlarni tartibga solish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirish, kelajak poydevori boʻlmish qizlarni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz asosida kamol toptirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Bugungi kunda yoshlarimiz orasida, yosh qizlarimiz orasida uchrab turadigan ayrim salbiy koʻrsatkichlar, xususan, erta tugʻruq, oilaviy ajrimlar, jinoyatchilik va oʻz joniga qasd qilish kabi holatlarning mavjudligi, faol boʻlmagan, maʼlum bir mehnat turi bilan band boʻlmagan qizlarimiz qatlami bilan yangicha yoʻnalishida, yangicha tizim asosida ishlash zarurligini taqozo etadi. Bu vazifalarni ijro etish maqsadida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi joriy yilning 14-16-avgust kunlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi hamda “Xalqaro yoshlar” kuni munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va bir qator jamoat tashkilotlari hamkorligida “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostida “Yosh oilalar va qizlar” Respublika konferentsiyasini oʻtkazishni belgiladi.  

Shu munosabat bilan tumanimizda ham 14-avgust kuni “Yosh oilalar va qizlar” forumi oʻtkazildi. 

Bayramona bezatilgan Amudaryo akademik litseyi kirish foyesida dastlab tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari, MTMlar, Bolalar musiqa va sanʼat maktablari iqtidorli oʻquvchilarining amaliy va badiiy sanʼati namunalari namoyish etildi. Forumni tuman hokimi oʻrinbosari M.Ahmedova ochdi va boshqarib bordi.

Forum doirasidagi xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda oʻtkazilgan mahorat darslari “Kim nimaga qodir” deb nomlandi. Bunda 7 xil hunar ustalari ishtirokchilarga hunarni egallash va uning ahamiyati haqida gapirib berdilar.

Shuningdek “Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida “Oilam kitob oʻqiydi” aktsiyasi ham barchaning qiziqishlariga sababchi boʻldi. Tadbirda yoshlar orasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishga xizmat iluvchi “Jayxun ilhomlari” NNT qoshidagi kutubxonaga yangi keltirilgan kitoblar taqdimoti ham oʻtkazildi.

“Men ham yetakchi boʻlaman” mavzusida ijtimoiy-siyosiy faol ayollar bilan uchrashuv yoshlarning eʼtiborini tortdi. Uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, OʻzMTDP tuman Kengashi raisi Sh.Yangiboyeva, OʻzLiDep tuman Kengashi raisi oʻrinbosari M.Beknazarova, OʻzXDP tuman Kengashi raisi M.Saʼdullayev, 40-sonli maktab direktori S.Xoʻjamurodovalar yoshlarga ijtimoiy faol boʻlib, hayotda oʻz oʻrinlarini topish, buning uchun tinmay oʻqib-oʻrganib, intilmogʻi lozimligini taʼkidladilar.

Forum soʻngida faol ishtirok etgan bir guruh ayol-qizlarga tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining tashakkurnomalari topshirildi.

Tumanimizning barcha hududlaridan iqtidorli, intiluvchan ayol-qizlarni jamlagan forum doirasida oʻtkazilgan har bir tadbir barcha ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

O.RAJABOVA. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026