“YoSh KITOBXON” TANLOVINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Shu yilning 9-avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda tuman saralash bosqichida 82 balldan yuqori baho olishga erishgan 10-14 yosh, 15-19 yosh va 20-30 yoshlar toifasidagi kitobxon yoshlar ishtirok etdilar va gʻoliblik uchun bellashdilar.
Natijalarga koʻra, 10-14 yoshlilar orasida 67 maktab oʻquvchisi Sveta Xudoyorova, 15-19 yoshlilar orasida 15-maktab oʻquvchisi Laylo Olimova, 20-30 yoshlilar orasida esa 40-sonli maktab oʻqituvchisi Iqboloy Yusupovalar gʻolib boʻlishdi va mazkur tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar.
Gʻoliblar va barcha ishtirokchilar Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan ragʻbatlantirildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶