Har bir mahalla jinoyatchilikdan holi boʻladi
Amudaryo tumani Xotin-qizlar koʻmitasining 31-iyul kuni tuman xokimligi binosida oʻtkazilgan yigʻilishda “Xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning oldini olish”, “Ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi” faoliyatini yanada takomillashtirish, “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz” mavzusida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash oyligida amalga oshiriladigan ishlar, notinch, ajrim yoqasidagi muammoli oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish” mavzularidagi masalalar muhokama etildi.
Yigʻilishni tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Axmedova olib bordi. Yigʻilishda hamkor tashkilotlardan FXDYo boʻlimi mudirasi Sanobar Xolbayeva, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi raxbari Gulshod Yusupovalar, tuman tibbiyot birlashmasi bosh akusher-ginekologi Muhabbat Yusupova xamda tumandagi 49 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlaridagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda xotin-qizlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi, xamda har bir mahallani xotin-qizlar jinoyatchiligidan holi hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, yigʻilishda ogʻir ijtimoiy ahvolda yashayotgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Yigʻilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlaridagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislarga hamda tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶