Amudaryolik tikuvchi qizga Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevning sovgʻasi topshirildi
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev tumanimizga tashrifi chogʻida amudaryolik yoshlar hayotiga doir masalalar, ular erishayotgan yutuqlardan tashqari, duch kelayotgan muammolar bilan tanishish maqsadida suhbat va uchrashuvlar oʻtkazdi.
Ittifoqning tuman Kengashida tashkilot yetakchilari va sardorlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ham yoshlar oʻz intilishlarini, maqsad va rejalarini bayon qildilar.
Uchrashuvda tashkilotning matbuot yoʻnalishi sardori Maftuna Gulmonova tikuvchilik bilan shugʻullanib, maktabgacha taʼlim muassasalari va mehribonlik uylaridagi bolalarga yumshoq oʻyinchoqlar tayyorlab berayotgani haqida gapirgan edi.
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev oʻz hunari bilan elga naf keltirayotgan Maftuna Gulmonovaga oʻz nomidan tikuv mashinasini sovgʻa sifatida joʻnatdi.
Tashkilotning tuman Kengashi raisi Mahmud Shermetov hamda ittifoq faollari Qahramon Quronboyev tomonidan joʻnatilgan tikuv mashinasini yosh tikuvchiga tantanali ravishda topshirdilar.
Ayni paytda Maftuna 4 ta maktabgacha taʼlim muassasalari bilan shartnoma tuzib, oʻz faoliyatini boshlab yubordi.
Javlonbek YOʻLDOShEV,
Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi press-klub yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶