HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARI AHOLIGA QOʻShIMChA DAROMAD KELTIRMOQDA
Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan 2018-yilning oʻtgan 6 oyi davomida 1984 nafar fuqaro jamoat ishlariga jalb etildi.
Ulardan 152 nafari tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlariga obodonlashtirish ishlariga biriktirilgan.
«Obod qishloq» dasturi doirasida Qipchoq shaharchasi va Nazarxon ovulida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish-taʼmirlash ishlariga esa 200 nafar fuqaro jalb qilingan.
Uy-joy, kommunal obʼektlarni taʼmirlash, oilaviy korxonalar, masʼuliyati cheklangan jamiyatlari ishlarida 186 fuqaro ishlamoqda.
Tumandagi 155 ta fermer xoʻjaliklarida 10 ming 431 nafar fuqaro ish bilan taʼminlangan.
Jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarga tegishli miqdorda oylik maoshlari belgilanib, haq toʻlash yoʻlga qoʻyilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶