Servis va xizmat koʻrsatish obʼektlari koʻpayadi
Aholiga servis va xizmat koʻrsatish obʼektlarini tashkil etish hamda xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida 2018-yilda jami 16,08 mlrd. soʻmlik investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilgan. Shuning 12 mlrd. soʻmi tadbirkorlarning oʻz mablagʻi va 4 mlrd. soʻmi bank krediti hisobiga amalga oshiriladi. Natijada 58 ta loyihalar amalga oshirilib, 153 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida oʻtgan 6 oy davomida 6,8 mlrd. soʻmlik investitsiyalar jalb etilib, 20 ta loyiha amalga oshirildi va 47 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Bugungi kunda tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi tomonidan aholiga savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarini qurish uchun 27 ta tadbirkorlik subʼektlariga yer maydoni ajratilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶