24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:27
Jamiyat 👁 1,606

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash ishlari YaNGI BOSQIChGA KOʻTARILMOQDA

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash ishlari YaNGI BOSQIChGA KOʻTARILMOQDA

Bugungi kunda tumanimizda 191,6 ming nafar aholi istiqomat qilayotgan boʻlib, ularning 68,9 ming nafari markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Qolgan 122,7 ming nafar aholi muqobil ichimlik suv manbalari, yaʼni quduq va daryo suvlaridan isteʼmol qiladi.

Tuman Suv tarmoqlari korxonasi aholining 36 foizini toza ichimlik suvi bilan taʼminlaydi. Shundan shaharda yashovchi 27,5 ming nafar, yaʼni 14,4 foiz aholiga suv tarmoqlari filiali tomonidan markazlashtirilgan tarmoqlar orqali suv yetkaziladi. Undan tashqari, korxonadan toza ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida Jumurtov shaharchasida, Jumur ovul va Oybek nomli mahallalarda, Toʻlqin, Qangli, Qipchoq, Oʻrta qalʼa ovullarida yashovchi 41,4 ming nafar, yaʼni 21,6 foiz aholiga yetkazib beriladi.

Qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida loyiha asosida 2016-yilda “Osiyo taraqqiyot banki” tomonidan “Boʻz yop” ovuli hududida 32,3 km. uzunlikdagi vodoprovod tarmogʻi yangidan qurildi.

Prezidentimizning shu yil 29-martdagi «Obod qishloq» dasturini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori asosida Nazarxon ovuli hamda Qipchoq shaharchasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Nazarxon ovulida uzunligi 2,8 km. boʻlgan suv quvuri rekonstruktsiya qilinadi. Shuningdek, 4,1 km masofada suv tarmoqlari yangidan quriladi. Mazkur ovulda jami 6,9 km. uzunlikdagi suv quvurlari yotqiziladi. Bularning barchasiga 656 mln. soʻm mablagʻ sarflanadi. Hozirgi kunda qurilish ishlari yakunlanish arafasida. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 245 ta xonadon markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Qipchoq shaharchasida esa 2 ta tozalangan ichimlik suvi sotish shoxobchasi qurilishi moʻljallangan. Hozirgi kunda qurilish uchun yer maydonlari aniqlanib, 660 mln. soʻmlik loyiha smetalari asosida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Prezidentimizning “2018-yil uchun investitsiya va infratuzilma loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 2018-yilgi Davlat dasturi doirasida jami 17,2 km. suv tarmoqlarini yangidan qurish hamda rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.

Mangʻit shahridagi “Boʻston”, Oybek nomli, “Gulzor” va “Bosuv” mahallalarida yashovchi aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanishini yaxshilash maqsadida Gurlan va Qipchoq koʻchalari boʻylab uzunligi 3 km. boʻlgan, smeta bahosi 1 mlrd. 537 mln. soʻmlik loyiha boʻyicha magistral suv quvuri rekonstruktsiya qilinmoqda.

Rejaga koʻra, “Yangiobod”, “Olmazor” va “Gulzor” mahallalarining aholisini toza ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlash maqsadida “Doʻstlik” mahallasidan “Olmazor” mahallasi hududigacha uzunligi 2,5 km. boʻlgan, smeta bahosi 1 mlrd. 303 mln. soʻmlik loyiha asosida yangidan magistral suv quvuri yotqiziladi. “Durunki” mahallasi xonadonlarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida esa mahalla hududidagi koʻchalarga smeta bahosi 1 mlrd. 150 mln. soʻmlik loyiha asosida jami 5,7 km. uzunlikda magistral va ichki koʻcha suv tarmoqlari oʻtkaziladi. “Gulzor” mahallasida ham aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun mahalla koʻchalariga jami 6 km. uzunlikda, smeta bahosi 1 mlrd. 225 mln. soʻmlik loyiha asosida suv tarmoqlari oʻtkazilib, mustaqillik bayrami arafasida aholiga foydalanishga topshirilishi moʻljallanmoqda.

Kelgusi 2019-yilda ham tuman hududida jami 18 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini oʻtkazish boʻyicha taklif kiritilgan. Smeta bahosi 7,1 mlrd. soʻmlik loyiha boʻyicha “Olmazor”, “Yangiobod”, Oybek nomli va “Chordara” mahallalarida yashovchi aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash yaxshilanadi.

Keyingi yilda “Besh tom” ovulida ham jami 7.2 km. masofaga magistral va ichki koʻcha suv tarmoqlarini oʻtkazish boʻyicha taklif berilgan. Smeta bahosi 970 mln. soʻmlik loyiha asosida “Besh tom” ovuli aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

“Qilichboy” va “Choykoʻl” ovullarida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun suv sotish shoxobchasi qurish boʻyicha taklif loyihalari berilgan.

Bundan tashqari, 2017-2021-yillarda Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan “Qipchoq” ovuli hududiga 1 ta zamonaviy tipdagi, sutkasiga 35 ming kub metr sifatli ichimlik suvi ishlab chiqarishga moʻljallangan suv tozalash inshooti quriladi. Tuman miqyosida esa bank mablagʻlari hisobidan 95 km. uzunlikda yangidan suv tarmoqlari oʻtkaziladi va 110 km. suv tarmoqlari rekonstruktsiya qilinadi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, xalqimizning turmush sifatini yanada yuksakka koʻtarishga xizmat qiladi.

Akbar RAJABOV, Amudaryo tuman

Suv tarmoqlari filiali boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026