Qizilcholi mahallasida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi (+video)
Mustaqillik bayrami oldidan shahar va qishloqlar, ovul va mahallalar, koʻcha va guzarlar tozalanib, obod va koʻrkam qiyofa kasb etmoqda. Aholi xonadonlari, uylar va hovlilar atrofi tartibga keltirilib, bayram ruhiga monand ravishda chiroyli koʻrinish olmoqda. Sababi xalqimizda qutlugʻ kunlarni, bayram va shodiyonalarni oʻziga xos tarzda kutib olish anʼanaga aylangan. Tozalik va orastalik, saranjom-sharishtalik esa qon-qoniga singib ketgan. Zero, tozalik bor joyda qut-baraka boʻladi.
Tumanimizning Xorazm viloyati bilan chegara hududida joylashgan Qizilcholi mahallasi ahliga ham mana shunday taʼrif berish mumkin. Ular hovli va uylarni, koʻcha va guzarlarni kishi koʻrsa havas qilgulik darajada koʻrkam va ozoda holda saqlashadi. Tuman hokimi va tumanimiz faollari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida 21-iyul kuni mazkur mahallada oʻtkazilgan koʻrgazmali seminar kengashning har bir ishtirokchisi bu fikrimizga qoʻshilishi tabiiy.
Shu kuni erta tongdan mahallaga tashrif buyurgan mehmonlarni har bir xonadon egasi non-tuz bilan qarshi oldi. Tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, tuman hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari boshchiligida ishtirokchilar mahalla hududidagi xonadonlarga kirib, hovli va koʻchalarning tozaligi hamda ozodaligi, tomorqa yerlaridan foydalanish ahvoli, xonadonlarda sanitariya talablariga rioya qilinishi va boshqa sharoitlarni koʻzdan kechirdilar.
Seminar ishtirokchilari mahalla hududida joylashgan 9-sonli maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi, maktab hududining obodonlashtirilishi va oʻquvchilarning erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.
Soʻngra koʻrgazmali seminar mahalla fuqarolar yigʻini binosida davom etdi.
Koʻrgazmali seminardan tayyorlangan fotolavhalarni saytimizning Telegram'dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin:

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶