TUMAN HOKIMI ILĞOP ĞALLAKOPLAP BILAN UÇPAŞDI




Tumanimizda boşoqli don ekinlari, ayniqsa buğdoy yetiştiriş borasida ğallakor dehqonlar yildan-yilga yangi marralarni zabt etmoqdalar. Ğallaçilikni rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli ilğor fermer xöjaliklari uçun buğdoydan har gektar hisobiga olinadigan hosildorlik ham yil sayin oşib bormoqda.
- Tumanimiz ğallakorlari uçun 55-60 tsentnerlik marra çegara bölmay qoldi, - dedi tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Yöldaşev 3-iyul kuni Qipçoq ovulida bölib ötgan ilğor ğallakor fermerlar, ijaraçi-dehqonlar va ğalla örim-yiğimida faol iştirok etgan mexanizatorlar bilan bölgan uçraşuvida. – Bunyod etilgan tumanimizning 12,6 ming tonnalik “qirmizi don” xirmoniga özlarining munosib hissalarini qöşgan fermer xöjaliklari orasida hosildorlikni 60-65 tsentnerdan oşirib ado etganlar ham borligi quvonarli.
Şu kuni ğallakor dehqonlar erişgan katta muvaffaqiyatni keng nişonlaş maqsadida tuman hokimligi tomonidan fayzli dasturxon yozilib, palov tortildi. Hududlar böyiça sektorlar rahbarlari, sohalar böyiça mutaxassislar, OAV vakillari iştirok etgan mazkur tadbirga 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, xuşovoz xonanda Nuraddin Yoqubov özining özbek xalq va mumtoz aşulalari bilan fayz bağişladi.
Uçraşuv tadbiri yakunida ğallakor dehqonlarga pul mukofotlari berildi.
* **

Şu kuni “Çoyköl” ovuli hududida joylaşgan “Qunduz” agrofirmasi şiyponida “Döstlik”, “Namuna”, “Toşyop” MMTPlarning ğalla örim-yiğimida faol iştirok etgan kombaynçi-mexanizatorlar, muhandis-texnik xodimlar hamda ilğor ijaraçi-dehqonlar uçun ham fayzli dasturxon yozilib, milliy taomlar tortildi, Nuraddin Yoqubov ijrosidagi kuy-qöşiqlar yangradi.
Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşev boşçiligida taşrif buyurgan hududlar böyiça sektorlar rahbarlari tuman prokurori J.Mutfullayev, tuman IIB boşliği Dilşod Ibragimov, tuman soliq inspektsiyasi boşliği Botir Kamolovlar hamda sohalar böyiça masʼul rahbarlar barçani erişilgan yuksak ğalaba bilan tabrikladilar.
Tuman hokimi S.Yöldaşev sözga çiqib ğalla örim-yiğim mavsumida fidoyilik bilan mehnat qilgan işçi va ijaraçi dehqonlarga, fermer xöjaliklari va sohalar böyiça rahbarlar hamda xizmat körsatuvçi korxona va taşkilotlarning işçi-xizmatçilariga samimiy minnatdorçilik bildirdi.
Fidokorona mehnatdan söng fayzli dasturxon atrofida hordiq çiqargan ğallakorlarning mavsum davomida qilgan matonatli mehnati qadrlandi. Ularga pul mukofotlari taqdim etildi.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶