Amudaryoda umumiy jinoyatchilik oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda 2 baravar kamaygan
12-iyul kuni Amudaryo tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Muvofiklashtiruvchi Kengash yigʻilishida tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va mutasaddilari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻini raislari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibidagi masala buyicha tuman prokurori oʻrinbosari Nodir Sobirov axboroti qildi.
Axborotda taʼkidlandiki, 2018-yilning oʻtgan olti oyi mobaynida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash hamda qonuniylikni mustahkamlash borasida prokuratura tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilgan.
Oʻtgan 6 oy davomida jami 41 ta jinoyat sodir qilinib, umumiy jinoyatchilik 2017-yilning shu davriga nisbatan (90 ta boʻlgan) 49 taga, yaʼni 54,4 foizga kamaygan.
Amudaryo telekanali tomonidan tayyorlangan quyidagi lavha orqali Muvofiklashtiruvchi Kengash yigʻilishi haqida toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin:

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶