Amudaryo tumani hokimi har haftaning shanba kuni ovul va mahallalarda boʻlib, aholi bilan muloqot qilmoqda (+video, foto)
Har haftaning shanba kuni Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashev boshchiligida tuman faollari hududlarga tashrif buyurib, mustaqilligimizning 27 yillik bayrami oldidan ovul va mahallalarda, muassasa, korxona va tashkilotlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarining borishini koʻzdan kechirmoqda.
14-iyul kuni tumanning Boʻz solma mahallasida shu kabi seminar oʻtkazildi.
Seminar davomida mahalla hududini obodonlashtirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishning ahvoli oʻrganildi. Xalq bilan samimiy muloqot qilinib, savollariga javoblar berildi.
Seminarda Boʻz solma mahalla fuqarolar yigʻini binosi hududining obodonlashtirilganligi, mahalla hududidagi ichki yoʻllarning ahvoli, aholining shaxsiy dala tomorqalaridan foydalanish holati, elektr energiyasi, tibbiy xizmat bilan taʼminlanganlik holati, mahalla hududidagi tadbirkorlik subʼektlarining faoliyati va boshqa omillarga ham eʼtibor qaratildi.






















▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶