Jamiyat
👁 621
Savdo yarmarkalari oʻtkazildi
30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman Madaniyat va istirohat bogʻida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan qator tadbirlar tashkil etildi.
Shu kuni bu yerda 50 nafarga yaqin yosh fermerlar va tadbirkorlar tomonidan “Savdo yarmarkalari” tashkil etilib, unda bir qancha turdagi mahsulotlar savdoga qoʻyildi.
Ushbu “Savdo yarmarkalari”ning tashkil etilishi va ularda savdoga chiqarilgan mahsulotlar yoshlarda fermerlik va tadbirkorlik kasblariga katta havas uygʻotdi.
450 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etgan ushbu yarmarkada yosh fermerlar va tadbirkorlar oʻzlarining 1,5 million soʻmlik mahsulotlarini sotishga erishdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶