Arna boʻyi mahallasida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi (+foto, video)
30-iyun kuni hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarining borishini oʻrganish maqsadida Arna boʻyi mahallasida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Seminarda tuman hokimi, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari va fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilari dastlab xonadonlarda boʻlib, aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, seminar davomida aholining tomorqa yerlaridan foydalanish holati ham koʻzdan kechirildi.
Ishtirokchilar Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini binosida ham boʻlib, fuqarolar yigʻini binosida xodimlarning ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar, bu yerga tashrif buyuruvchilar va hudud aholisi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, adabiyot va qoʻllanmalar bilan taʼminlanganligi kabi sharoitlar bilan tanishdilar.
Koʻrgazmali seminar soʻngida majlis oʻtkazilib, unda fuqarolar yigʻini tomonidan erishilgan yutuqlar eʼtirof etildi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tilga olinib, ularni bartaraf qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.


















▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶