Özbekiston yoşlariga bayram tabrigi
Qadrli yoşlar, aziz öğil-qizlarim!
Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda birinçi marta nişonlanayotgan qutluğ ayyom – Yoşlar kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana şunday quvonçli kunda avvalo yurtimizda keyingi paytda yoşlar bilan işlaş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratilgani, öğil-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuçayib borayotganini, zamonaviy, demokratik Özbekiston davlatini barpo etişda navqiron avlodimizning munosib iştirok etayotganini barçamiz minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz.
Kelajagimiz egalari bölgan yoşlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlaş, ularning orzu-intilişlari, qobiliyat va salohiyatini röyobga çiqariş biz olib borayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yönalişi bölib, bu yölda ulkan işlarni amalga oşirayotganimiz sizlarga yaxşi maʼlum, albatta.
Ötgan bir yilning özida yoşlar hayotiga bevosita taalluqli bölgan 20 dan ziyod qonun, farmon va qarorlar qabul qilingani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Ayniqsa, sizlarning taşabbusingiz bilan bundan bir yil muqaddam Özbekiston yoşlar ittifoqi taşkil etilgani yoşlarimiz, butun el-yurtimiz hayotidagi muhim voqea böldi.
Albatta, bir yil – tarix uçun juda qisqa fursat. Şunga qaramasdan, Özbekiston yoşlar ittifoqi ötgan qisqa davrda mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş yölida davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan samarali hamkorlik qiladigan muhim ijtimoiy tuzilmaga aylandi.
Şu asosda yoş avlodimizning grajdanlik pozitsiyasi va faolligini kuçaytiriş, uni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirişa oladigan barkamol şaxslar etib tarbiyalaş böyiça sezilarli işlar amalga oşirilmoqda. Eng muhimi, yoşlar bilan doimiy muloqot olib boriş, ularning bandligini taʼminlaş, hayotda öz örnini topişi, jamiyatning munosib aʼzolariga aylanişi, mehnat va turmuş şaroitlarini yaxşilaş vazifasi barçamizning kundalik faoliyatimiz mezoniga aylanib bormoqda.
Buning amaliy tasdiğini köplab misollarda köriş mumkin. Xususan, yoşlar uçun yangi iş örinlari yaratiş, yoş tadbirkorlarga, ayniqsa, qizlarimizga hunarmandlik bilan şuğullanişlari uçun kreditlar ajratiş, ularni kasbga tayyorlaş va malakasini oşiriş, fermerlikni qöllab-quvvatlaş, farzandlarimizning taʼlim-tarbiyasi, ularni soğlomlaştiriş va böş vaqtini mazmunli taşkil etiş böyiça muhim qadamlar qöyilmoqda.
Faqat bir yil davomida Özbekiston yoşlar ittifoqi tavsiyasi bilan 4 ming 300 ga yaqin yigit-qizlarimizga banklar tomonidan 216 milliard söm imtiyozli kreditlar berilgani, 184 ming 300 dan ziyod farzandlarimiz iş bilan taʼminlangani eʼtiborga loyiq.
Mamlakatimizda markaziy va mahalliy hokimlik idoralari, deputatlar korpusi, sud-huquq sohasi rahbarlarining yoşlar bilan oçiq muloqotlar olib borişi ijobiy anʼanaga aylanib bormoqda. Bunday muloqot va uçraşuvlarda yoşlarni qiynayotgan köpgina muammolar joyida hal etilmoqda, ularga amaliy yordam, malakali maslahat va yöllanmalar berilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizni yangilaş va modernizatsiya qiliş, uni innovatsion asosda rivojlantiriş, öz oldimizga qöygan köp qirrali va murakkab vazifalarni amalga oşiriş maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham masʼuliyatni öz zimmasiga olişga qodir bölgan, ğayrat-şijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yoş kadrlarga davlat va jamiyat boşqaruvida muhim vazifalarni işonib topşirmoqdamiz.
Bu borada yoş, istiqbolli kadrlar uçun tajriba va mahorat maktabini ötayotgan Özbekiston yoşlar ittifoqi saflarida toblangan, zamonaviy bilim va könikmaga, yetakçilik salohiyatiga ega bölgan köplab yoşlar vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va banklar, xöjalik birlaşmalariga masʼul lavozimlarga tayinlanayotgani hayotimizga yangiça ruh va mazmun bağişlamoqda.
Bugungi kunda Harakatlar strategiyasi doirasida “Yoşlar – kelajak bunyodkori”, “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Aqlli şahar” kabi keng qamrovli dasturlarni amalga oşirişda aynan ana şunday taşabbuskor, har bir masalaga yangiça yondaşadigan öğil-qizlarimiz faol iştirok etayotgani, heç şubhasiz, barçamizni xursand qiladi.
Işonaman, bunday ulkan bunyodkorlik jarayonlari yoşlarimiz ilgari surayotgan loyiha va taşabbuslarni yuzaga çiqarişda, ularning el-yurtimizga fidoyi rahbar va mutaxassis, haqiqiy şaxs va grajdan bölib şakllanişida beqiyos örin tutadi.
Jonajon Vatanimizning yangi qiyofasini yaratişda öz mehnati, taşabbuskorligi va maʼnaviy fazilatlari bilan boşqalarga örnak va namuna bölayotgan azmu şijoatli yoşlarimiz uçun “Mard öğlon” davlat mukofoti hamda “Kelajak bunyodkori” medalini taʼsis etganimiz va bugun sizlarning orangizda şu mukofotlarning ilk sovrindorlari borligi barçamizga mamnuniyat bağişlaydi.
Ötgan bir yil mobaynida öğil-qizlarimizdan 266 nafari respublika, 80 nafari xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari bölgani, sportçilarimizdan 12 nafari jahon, 93 nafari Osiyo çempionatlarida, 150 nafardan ziyodi xalqaro musobaqalarda yuksak şohsupalarga kötarilganini ana şunday ezgu işlarimizning dastlabki natijalari sifatida qabul qilamiz.
Yoşlarimizning milliy va umumbaşariy qadriyatlar ruhida, har tomonlama soğlom va barkamol bölib voyaga yetişi uçun taʼlim-tarbiya sohasida ulkan özgarişlar amalga oşirilmoqda. Xususan, maktabgaça taʼlim muassasalarining zamonaviy tizimi yaratilmoqda, umumtaʼlim maktablarida 11 yillik taʼlim joriy etilmoqda. Oliy taʼlim tizimida yangi, zamonaviy bilim maskanlari, jumladan, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari taşkil etilib, soha faoliyati tubdan takomillaştirilmoqda.
Yurtimizda Temurbeklar harbiy litseylari, Muhammad Xorazmiy va Mirzo Uluğbek maktablari, atoqli adiblarimiz nomidagi ijod maktablari taşkil etilgani unib-ösib kelayotgan farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizga munosib avlod etib tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.
Biz bu boradagi işlarni kelgusida ham albatta izçil davom ettiramiz. Xususan, iqtidorli yoşlarimizni dunyoning eng yetakçi universitetlari, ilmiy markazlarida davlat homiyligida öqitiş, malakasini oşiriş böyiça samarali tizim yaratiş – oldimizda turgan muhim vazifadir.
Yoşlarni, yoş oilalarni ijtimoiy himoya qiliş masalasi ham biz uçun eng muhim va ustuvor yönalişga aylanib bormoqda. Bu borada mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol iştirok etayotgan yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularning uy-joy va maişiy şaroitlarini yaxşilaş maqsadida Yoşlar uylarini barpo etiş dasturi hayotga izçil joriy etilayotganini taʼkidlaş lozim.
Qadrli öğil-qizlarim!
Bugungi bayram kunida barçamizning umid va işonçimiz bölgan siz, aziz yoşlarning erişgan yutuqlaringiz bilan birga yangi vazifalar, yeçimini kutib turgan kamçilik va muammolar hamda ularni bartaraf etiş yöllari haqida söz yuritişimiz tabiiydir.
Bu haqda gapirganda, Özbekiston yoşlar ittifoqining navqiron yigit-qizlarni iş bilan taʼminlaş, uyuşmagan yoşlar bilan işlaş, farzandlarimiz örtasida jinoyatçilikning oldini oliş borasidagi faoliyatini yanada kuçaytiriş zarurligini taʼkidlaş lozim.
Afsuski, yoşlarimiz hayotidagi katta-kiçik har bir muammoga jiddiy qarab, aniq amaliy yeçim topiş, yoşlar bilan bevosita işlaş, doimiy muloqot qiliş örniga dabdabali tadbirlar ötkaziş, kampaniyabozlikka berilişdek yaroqsiz iş usulidan hali ham butunlay qutulganimiz yöq.
Şu nuqtai nazardan qaraganda, biz barçamiz endigina bir yillik şakllaniş yölini bosib ötgan Özbekiston yoşlar ittifoqi tezroq ulğayişi, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy tizimida, yoşlarimiz hayotida özining mustahkam va munosib örnini topişini istaymiz va buning uçun zarur amaliy yordam berişga tayyormiz.
Balki bugungi quvonçli ayyomda bunday noxuş holatlarni eslaş joiz emasdir. Lekin biz öz faoliyatimizni tanqidiy baholab, muammolarimizni özimiz bartaraf etmasak, heç kim çetdan kelib ularni biz uçun hal qilib bermaydi.
Yoşlarimizning hayotiy muammolariga yanada köproq eʼtibor qaratiş, ularga mos bölgan zamonaviy iş örinlarini köpaytiriş, ezgu intiliş va taşabbuslari, innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, yoş avlodimizning ijtimoiy-maişiy şaroitlarini yaxşilaş bundan buyon ham barça darajadagi davlat idoralarining eng asosiy, hal qiluvçi vazifasi bölib qoladi.
Yoşlar örtasida tadbirkorlikni keng rivojlantiriş uçun Yoşlar tadbirkorligi hududlari, Toşkent şahrida Yoşlar innovatsion texnoparkini taşkil etiş, şuningdek, Fanlar akademiyasiga qaraşli ilmiy laboratoriyalar va markazlar negizida yoş olimlarning ilmiy tadqiqotlarini yölga qöyiş kabi işlarni sizlarning faol iştirokingiz bilan yaqin kelajakda amalga oşiramiz.
Kuni keça qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida Özbekiston yoşlar ittifoqi qoşida taşkil etilgan maxsus jamğarma mamlakatimiz iqtisodiyotida zamonaviy texnologiyalarni qöllaş, yoşlarni bu jarayonga keng jalb etişdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Muhtaram yurtdoşlar!
Bugungi kunda Özbekistonda olib borilayotgan yoşlarga doir davlat siyosati va uning amaliy natijalari jahon hamjamiyatida katta qiziqiş uyğotmoqda. Mamlakatimiz tomonidan bu borada ilgari surilayotgan taşabbuslar, jumladan, BMTning Yoşlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konventsiyasini işlab çiqiş, Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining Yoşlarga murojaati va uni amalga oşiriş böyiça Harakatlar dasturini qabul qiliş va amalga oşiriş borasidagi takliflarimiz xalqaro miqyosda qöllab-quvvatlanmoqda.
Hammamiz körib, kuzatib turibmiz – bugungi şiddat bilan özgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoşlar oldida yangi-yangi ufq va imkoniyatlar oçiş bilan birga, ularni ilgari körilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duçor etmoqda.
Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar qança-qança oilalar, mamlakatlar boşiga oğir kulfatlar olib kelmoqda, ğarazli kuçlar hali ongu tafakkuri töla şakllanib ulgurmagan bolalarni öz ota-onasi, Vataniga qarşi qöyib, ularning hayotiga zomin bölmoqda. Şuning uçun biz – ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatçilik, mahalla-köy bu masalada huşyorlik va ogohlikni yanada oşirib, buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat aytganidek, bu dunyo haqiqatan ham kuraş maydoniga, soğlom tan, ötkir aql va yaxşi axloq esa bu kuraşning quroliga aylanib borayotganini çuqur anglab, şu borada jaholatga qarşi maʼrifat asosida iş olib borişimiz zarur.
Xalqimizga xos bağrikenglik, keçirimlilik va olijanoblik fazilatlaridan kelib çiqib, bilib-bilmay jinoyatga qöl urgan, töğri yöldan adaşgan, öz qilmişidan çin dildan puşaymon bölgan yoşlarni keçiriş va tinç hayotga qaytarişga yurtimizda katta eʼtibor qaratilmoqda.
Ana şunday amaliy işlarimiz tufayli yuzlab yoşlar – Özbekiston fuqarolari ota-onasi, oilasi bağriga qaytgani jamiyatimizda soğlom ijtimoiy muhitni, insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlaş yölida muhim qadam bölayotganini alohida taʼkidlaş lozim.
Hurmatli döstlar!
Biz – barçamiz, qayerda bölmaylik, yagona Özbekiston farzandlari ekanimizni anglab, şu buyuk tuyğuni eʼzozlab yaşasak, albatta kam bölmaymiz.
Şuning uçun biz çet ellarda turli sohalarda jiddiy yutuqlarga erişgan vatandoşlarimiz taşabbusi bilan “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti tuzilganini qöllab-quvvatlaymiz. Xorijiy davlatlarda öqib, mehnat qilayotgan barça yurtdoşlarimiz, birinçi navbatda yoşlarimizning bilimi va imkoniyatlarini Vatanimiz ravnaqi yölida birlaştiriş biz öz oldimizga qöygan maqsadlarga töla javob beradi.
Ayni vaqtda Özbekiston yoşlarining zamon bilan hamnafas bölib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlaridagi tengdoşlari bilan samarali muloqot, döstlik va hamkorlik munosabatlari örnatişi ğoyat muhim, ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.
Şu kunlarda yurtimizda bölib ötayotgan Markaziy Osiyo yoşlari forumi ana şunday keng miqyosdagi muloqot yölida dastlabki jiddiy qadamdir.
Aziz yoşlar, qadrli farzandlarim!
Mana şu quvonçli kunda sizlarni, köpmillatli Özbekiston xalqini işontirib aytmoqçiman: biz yoşlarga doir davlat siyosatini heç oğişmasdan, qatʼiyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni ustuvor vazifa sifatida bugun davr talab qilayotgan yuksak darajaga kötaramiz. Sizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, hayotda öz mustahkam örningizni topişingiz, baxtli bölişingiz uçun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etamiz.
Siz, jondan aziz öğil-qizlarimizdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy işlar bilan röyobga çiqariş yölida hormang, çarçamang!
Öqiş-örganiş, doimiy izlaniş, ilm-fanga, taraqqiyot çöqqilarini egallaşga intilib yaşaş doimo hamrohingiz bölsin!
Men sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon Özbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson böliş baxti nasib etişini tilayman.
Sizlarni Yoşlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barçangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman.
Hamişa soğ-omon böling, aziz farzandlarim!
Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston Pespublikasi Prezidenti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶