Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda
Bugun - 30-iyun kuni Mangʻit shahridagi madaniyat va istirohat bogʻida Yoshlar kuni munosabati bilan katta tadbir boʻlib oʻtmoqda.
Bayram dasturi doirasida dastlab “Yoshlar qabulxonasi” konsultatsiya soatlari tashkil qilindi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad – yoshlarni qiynayotgan turli muammolarga barham berish, ularni oʻylantirayotgan masalalarga yechim topish va savollarga javob berish orqali yoshlarning jamiyatimizning faol aʼzosiga aylanishiga koʻmaklashishdir.
Istirohat bogʻida kitobxon yoshlar uchun ham turli viktorinalar, koʻrgazmalar tashkil qilinmoqda. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti hamda tumanimizdagi kitob doʻkonlari tashabbusi bilan tashkil qilingan kitoblar koʻrgazmasi yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.
Tadbirga tuman hokimi va barcha sektorlar rahbarlari tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi. Fan va taʼlim, madaniyat va sport sohasida ulkan natijalarga erishgan yoshlarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Sanʼatkorlar ishtirokida oʻtkazilgan kontsert dasturi esa barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Bundan tashqari, turli tashkilotlar hamkorligida tashkil qilingan mehnat yarmarkalari ham yoshlarni boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtiribgina qolmasdan, ularning kasb tanlashi, oʻz iqtidor va isteʼdodini ona Vatan ravnaqi yoʻlida safarbar qilishlarida bir vosita boʻldi.
Dastur doirasida yosh dizaynerlar tomonidan ishlangan liboslar koʻrgazmasi hamda yosh rassomlar va hunarmandlar galereyasi namoyish qilinadi. Milliy oʻyinlar va oʻzbek jang sanʼati bilan shugʻullanuvchi sportchilarning chiqishlari ham yoshlarga koʻtarinki ruh bagʻishlashi shubhasiz.
Bayram tomoshalari kechgacha davom etadi.
Veb-saytimizning Telegram'dagi kanalini kuzatib boring!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶