HARBIY QISMDA YoShLAR UChUN “OChIQ EShIKLAR KUNI” OʻTKAZILDI


Tumanimizda Yoshlar kuni arafasida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar qizgʻin davom etmoqda. Barcha tadbir va uchrashuvlar yoshlarga bayram kayfiyatini ulashmoqda va bayram koʻtarinki ruh bilan kutib olinmoqda.
Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga boʻlgan mehr-muhabbatini yanada oshirish, burchga sadoqat tuygʻularini mustahkamlash maqsadida tumanimizdagi 9202 “D” va 9202 “K” harbiy qismlari hamda qismdagi ittifoqning boshlangʻich tashkiloti yetakchilari tomonidan tashkillashtirilgan bu tadbirda harbiylar va ittifoq yetakchilaridan tashqari, 30 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda harbiy xizmat hayvonlari bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlar, jangovar tayyorgarliklar mashgʻulotlari namoyish etildi. Mashgʻulotlarda habriy qism harbiylaridan serjant E.Alyaminov, serjant N.Xudoyberdiyev, shartnoma asosida oddiy askar T.Oʻrozboyev, muddatli harbiy xizmatchi oddiy askar I.Bahromovlar faol qatnashdilar. Shuningdek, 9202 “K” harbiy qism boshligʻi I.Haydarov harbiylar kun tartibi, oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy mashgʻulotlar va bugungi kunda davlatimiz tomonidan harbiylar uchun yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imtiyozlar haqida keng maʼlumot berib, yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi.
Harbiy qismda oʻtkazilgan tadbir yoshlar qalbidagi vatanga muhabbat va burchga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamladi.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶