Amudaryo tumanida davlatga gʻalla topshirish boʻyicha shartnomaviy reja ortigʻi bilan bajarildi
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xalq farovonligining yuksalishiga xizmat qilayapti. Ayniqsa, boshoqli don ekinlarini yetishtirishga qaratilayotgan eʼtibor das-turxonimiz toʻkinligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yil hosili uchun tumanimizda 399 ta fermer xoʻjaliklarining 3 ming gektar maydoniga gʻalla ekilib, agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilindi.
Bugʻdoy maysalarini kuz-qish mavsumida sugʻorish va oziqlantirish ishlariga katta eʼtibor berildi. Qolaversa, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻit kabi moddiy resurslar oʻz vaqtida dala boshiga yetkazib berilib, zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishga katta eʼtibor qaratildi.
Natijada fermer xoʻjaliklarimiz dalalarida moʻl hosil yetishtirildi.
Mavsum boshidan 14 ta oʻrim-yigʻim otryadlarida yuqori surʼatda ish tashkil qilindi.
26-iyun kuni tumanimiz gʻallakorlari davlat shartnomaviy rejalarini Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib bajardilar. Yalpi hosil xirmoni 12,6 ming tonnadan, gʻalla yetishtirishdan olingan daromad esa 4 mlrd. 147 mln. soʻmdan oshdi. Yetishtirilgan hosilning 6 ming 83 tonnasi davlat xazinasiga topshirildi, qolgan qismi esa fermerlar va xoʻjalik ishchilari oilasi ixtiyorida qoldi. 180 ta fermer xoʻjaliklarimiz 60-65 tsentnerdan hosil olishga erishdilar.
Gʻallakorlarimiz boʻshagan dalalarga takroriy ekinlar ekib, shu orqali ham el-yurt dasturxoni toʻkin boʻlishiga hissa qoʻshishni niyat qilganlar. Pok niyatli mirishkor dehqonlarimizni mehnatdagi yutuqlari bilan tabriklab, ishlariga omad tilaymiz! Xirmoningizga baraka, aziz gʻallakorlar!
Anvar YOʻLDOShEV,
tuman hokimi oʻrinbosari,
Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶