“QIZLAPJON” KLUBINING ENG IQTIDOPLI QIZLAPI ANIQLANDI VA TAQDIPLANDI (+VIDEO)



Shu yilning 25-iyunida 30 - iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Mangʻit shahrining Boyovul, Beruniy nomli, Boʻston, Farovon, Chordara mahalla fuqarolar yigʻinlari qoshida faoliyat yuritayotgan “Qizlarjon klubi”ning eng iqtidorli qizlarini aniqdash va taqdirlashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tuman madaniyat boʻlimi kirish foyesida mazkur klublar aʼzolari mehnatlari mahsulining koʻrgazmasi, ayolni, qizlarni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar tashrif buyuruvchilarga oʻzgacha koʻtarinki ruh bagʻishladi.
Ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari qoshida yurtimiz taraqqiyoti yoʻlida 7 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlarni birlashtirish, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish, el-yurt manfaati yoʻlida bor kuch-gʻayrati, bilim va salohiyatini safarbar etadigan ayol-qizlar safini kengaytirish, sogʻlom turmush tarzi va oila muqaddasligi gʻoyalarini keng targʻib qilish maqsadida tuzilgan “Qizlarjon klubi” aʼzolarining iqtidori, salohiyati 10 ta yoʻnalish boʻyicha aniqlandi va taqdirlandi.
Tadbirda qizlar sahnada oʻz iqtidorlarini namoyish etishdi.
Mamlakatimizda Yoshlar ittifoqi tashkil etilganining 1 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda Qunduzoy Yusupova sheʼriyat, Gulasal Matyusupova musiqa, Qunduzoy Eshchonova raqs, Mavluda Nurullayeva rassomlik, Sevinchoy Safarboyeva sportning shaxmat turi, Nigora Pahimova kurash, Zebogul Haydarova badiiy gimnastika, Maftuna Gulmonova yumshoq oʻyinchoqlar yasash, Nodira Davlatboyeva sheʼriyat, Guliraʼno Oʻrinboyeva esa raqs yoʻnalishi boʻyicha eng iqtidorli deb topildi va munosib taqdirlandi.
Tadbirda tuman hokimi muovini, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova qatnashdi va tadbir ishtirokchilarini Yoshlar kuni bilan muborakbod etdi.
Shoira Yoqubova, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda
maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶