Akademik litseyda bitiruvchilarga diplom topshirildi
Shu kunlarda oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalari va akademik litseylarning bitiruvchi guruhlari oʻquvchilariga oʻquv muassasalarining bitiruv malakaviy diplomlari topshirila boshlandi. Oʻquv muassasalarda shu munosabat bilan tadbir oʻtkazilib, bitiruvchi oʻquvchilarga diplomlar taqdim etilmoqda.
22-iyun kuni tumanimizdagi Amudaryo akademik litseyida ham bitiruvchi oʻquvchilarga diplom topshirish munosabati bilan “Parvoz-2018” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Otabek Yoʻldoshev, Mangʻit Iqtisodiyot kolleji direktori Zafar Otamurodov, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Mahmud Shermetov , akademik litsey direktori Gʻulom Duysenboyev va boshqalar, litsey oʻquvchilari, ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqan Gʻulom Duysenboyev, Otabek Yoʻldoshevlar litseyda ijtimoiy gumanitar, aniq va tabiiy fanlar, xorijiy filologiya yoʻnalishlari boʻyicha 8 guruhda tahsil olgan 227 nafar yangi hayot ostonasida turgan bitiruvchi oʻquvchilarni diplomga ega boʻlganligi bilan tabriklab, ularga kelgusida ham doim omad va muvaffaqiyat yor boʻlishini tiladilar. Shuningdek, oʻquvchilar va ota-onalar ham taʼlim bergan ustozlarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar. Shundan soʻng, bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi.
Tadbirga Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan sanʼatkor Umidbek Sapayev ijrosidagi qoʻshiqlar va tuian Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur yanada fayz kiritdi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶