24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:54
Jamiyat 👁 1,212

Mahalliy byudjet ustuvor vazifalar ijrosi yoʻlida sarflanmoqda

Mahalliy byudjet ustuvor vazifalar ijrosi yoʻlida sarflanmoqda

Byudjet mablagʻlarini maqsadli sarflash, sohalar boʻyicha ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish, bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni oʻz oʻrnida va rejali ishlatish nafaqat mamlakatimizda, balki tumanimizda ham xalqimizning munosib hayot darajasini va sifatini taʼminlash, eng avvalo muhim islohotlarni, koʻzlangan rejalarimizni amalga oshirish yoʻlida katta burilishlar yasash imkonini beradi.

Shu bois, har yilning yakuniy sanalarida Amudaryo tuman mahalliy byudjetining kirib kelayotgan yangi yil uchun sohalar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari muhokama etilib, xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. 2017-yilning 31-dekabr sanasida Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2018-yilgi asosiy koʻrsatkichlari muhokama qilindi va xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan tasdiqlandi. 2018-yil 4-yanvarda tuman hokimining “Mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan mahalliy byudjetning parametrlari tasdiqlandi.

Ushbu qarorga koʻra, mahalliy byudjetning daromadlar qismi yillik rejasi jami 22 mlrd. 649 mln. 890 ming soʻm (2017-yilda reja 44 mlrd. 201,4 mln. soʻm, haqiqatda 47 mlrd 97,8 mln. soʻmga bajarilgan), bundan tashqari, transfertlar 96 mlrd. 150,7 mln. soʻm qilib belgilangan. 2018-yilning 1 choragi yakunlariga koʻra mahalliy byudjetning daromadlar qismi 4 mlrd. 561,8 mln. soʻm va transfertlar jami 25 mlrd. 470,5 mln. soʻmni tashkil etgan.

Xarajatlar qismining 2018-yil uchun belgilangan yillik rejasi 118 mlrd. 800,6 mln. soʻmdan iborat boʻlib (bu boradagi yillik reja 2017-yilda 101 mlrd. 168,03 mln. soʻmni tashkil etgan), 1 chorak davomida mahalliy byudjet xarajatlari 30 mlrd. 621,5 mln. soʻmni tashkil etgan.

Olib borilgan ishlar natijasida tumanimizda 2018-yilning 1-choragi davomida mahalliy byudjetning daromadlar qismi rejasi 4 mlrd. 759,1 mln. soʻm qilib belgilanib, haqiqatda 5 mlrd. 492,3 mln. soʻmga, yaʼni 105,4 foizga ortigʻi bilan bajarilgan (2017-yil davomida esa bu koʻrsatkich 106,6 foizga bajarilgan).

2018-yilning 1-choragi davomida mahalliy byudjetning xarajatlar qismi 32 mlrd. 534,8 mln. soʻm qilib belgilangan va ushbu mablagʻlar asosan ijtimoiy-madaniy va aholini qoʻllab-quvvatlash xarajatlariga, iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar talablarini amalga oshirish tadbirlariga qaratilgan.

Aniq rejaviy chora-tadbirlarga qaramasdan 2018-yilning 3 oyi davomida jismoniy shaxslarning daromad soligʻi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar daromadiga solinadigan soliq, yagona soliq toʻlovidan davlat byudjetiga ajratmalar (savdo va umumovqatlanish korxonalari uchun), jismoniy shaxslarning yer soligʻi boʻyicha koʻzlangan maqsadlarga erishilmagan. Aynan shu yoʻnalishlar boʻyicha 2017-yil uchun belgilangan rejalar ham bajarilmagan edi.

Lekin ayrim soliq manbalaridan 2018-yil 1-chorak uchun belgilangan reja oshirib ado etilgan. Jumladan, yagona soliq toʻlovidan davlat byudjetiga ajratmalar (kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun), yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslarning yer soligʻi, yagona yer soligʻi boʻyicha rejalar oshirib bajarilgan.

Tuman mahalliy byudjetidan maqsadli mablagʻlar tuman hokimining tegishli qarorlari asosida aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan holda, yaʼni, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash, bino va inshootlarni joriy taʼmirlash kabi maqsadlar uchun sarflanadi. Tovar va moddiy zahiralar, yozuv qogʻozlari, yumshoq mebellar sotib olish, yonilgʻi moylash materiallari, aloqa xizmatlari, kompyuter texnikalari, xizmat jihozlari va xizmat bobida foydalanish uchun avtomobil sotib olish, tuman hududini obodonlashtirish, tumanda yashovchi nogironlarga nogironlar aravachalari sotib olish kabi maqsadlar uchun foydalaniladi va sarf qilinadi.

Yil boshidan beri jami 754 mln. 235,5 ming soʻmlik mablagʻlar yuqoridagi maqsadlar uchun sarflangan. Ushbu mablagʻlarning asosiy qismi aholining turmush darajasini oshirishga, tuman hududining rivojlanishiga va ijtimoiy ahvolning yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga ishlatilgan.

Qisqa qilib aytganda, har bir raqam ortida inson manfaati, farovon turmushini taʼminlashga qaratilgan ezgu va ulugʻ maqsadlar bor. Agar fuqarolarimiz soliqlarni oʻz vaqtida toʻlab, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullansalar, buning orqasidan mahalliy byudjetga tushadigan mablagʻlar evaziga bundan ham koʻproq ezgu ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Bu yoʻlda har bir yurtdoshimizga kuch-gʻayrat tilaymiz.

Baxtiyor KAMOLOV,

tuman moliya boʻlimi mudirining birinchi oʻrinbosari,

byudjet boʻlimi boshligʻi.

Abay SAGʻINBAYeV,

mazkur boʻlimning byudjet ijrosi va hisobi sektori boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026