AMUDARYo TUMANI DAVLAT ARXIVI YaNGI BINOGA KOʻChIB OʻTDI (+foto)
Amudaryo tumanida 2007-yilda oʻz faoliyatini boshlagan arxiv muassasasi mana 11-yildirki, moslashtirilmagan binolarda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Davlatimiz va hukumatimizning eʼtibori bilan 2016-yilda tuman davlat arxivi idorasiga alohida bino ajratildi. Foydalanilmay, qarovsiz yotgan bino tuman davlat arxivi balansiga oʻtkazilib, qisqa fursat ichida zamonaviy koʻrinishda taʼmirlandi.

8-iyun kuni tuman Davlat arxivi idorasi mazkur yangi binoga koʻchib oʻtdi. Shu munosabat bilan tashkil qilingan tantanali marosimda tuman hokimi Sultanboy Yoʻldoshev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori Umidjon Ollamov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev hamda Respublikamizdagi arxiv muassasalarining rahbarlari ishtirok etdilar.

Tantanada soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish, arxiv fondini saqlash va undan foydalanish boʻyicha barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganini taʼkidladilar.
Binoni zamonaviy uslubda, oʻziga xos dizaynda, sifatli taʼmirlab foydalanishga shay holga keltirgan “Tole” xususiy firmasi raisi Poʻlat Xoʻjaboyev tuman Davlat arxivi boshligʻi Bahodir Jumaniyozovga binoning ramziy kalitini tantanali ravishda topshirdi. Ramziy tasma kesilib, mehmonlar bino ichida idora xizmatchilari va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.


466 mln soʻm byudjet mablagʻi hamda 104 mln soʻm miqdoridagi muassasaning oʻz mablagʻi hisobidan taʼmirlanib, rekonstruktsiya qilingan ushbu binoda arxiv fondini saqlash va fuqarolarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar mavjud. Eng muhimi, bu bino oʻzining zamonaviy koʻrinishi bilan Mangʻit shahrining koʻrkiga koʻrk bagʻishlab turibdi.










O.Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶