ISTEʼMOLChINING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
Shu yilning 10-may kuni fuqaro S. Xudoyberganova Amudaryo tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining “Ishonch telefoni” orqali murojaat etib, “Mangʻit savdo kompleksi” MChJ doʻkonlaridan birining sotuvchisi unga qoʻpol munosabatda boʻlib, oldin kelishilgan boʻlishiga qaramasdan xarid qilingan tovarni boshqasiga almashtirib berishni rad qilayotgani haqida shikoyat qilgan.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan isteʼmolchining murojaati tezda oʻrganib chiqilib, sotuvchiga tegishli qonunlar boʻyicha tushunchalar berilgan.
Oʻz murojaatining ijobiy hal etilganidan xursand boʻlgan xaridor S. Xudoyberganova isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlariga oʻz minnatdorchiligini yozma ravishda izhor etgan.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶