YoSh FERMERLAR UChUN ILMIY-AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xoʻjalik muhim oʻrin tutadi. Qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlar sohani rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
30-may kuni Toʻlqin ovulida Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan “Yosh fermerlar innavatsion rivojlanish yoʻlida” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi. Seminarda ishtirok etgan Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi tuman koordinotori Sardor Ismoilov, Yosh fermerlar kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi boshligʻi Maqsed tursunovlar yosh fermerlarga faoliyatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha maʼruza qilib, yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar berdilar.
Seminar davomida qatnashayotgan 50 nafarga yaqin fermer va fermer boʻlish istagidagi yoshlar uchun tajriba almashish va namuna koʻrsatish maqsadida ilgʻor fermer xoʻjaliklaridan biri boʻlgan “amu sohili” fermer xoʻjaligi hamda “Toʻlqin” biolaboratoriyaga tashrif buyurdilar.
Yosh fermerlar va fermerlikni boshlagan yoshlar seminar davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar hamda faoliyatlarini yanada rivojlantirishda muhim boʻlgan tavsiyalar bergan mutaxassislar va seminar tashkilotchilaridan gʻoyat minnatdor boʻldilar.
Javlonbek YOʻLDOShEV, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi Press klub yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶