Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 47-sessiyasi haqida axborot (+video)
30-may kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 47-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya işida xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, jamoat taşkilotlari, fuqarolar yiğinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyada dastlab Qoraqalpoğiston Pespublikasi Ekologiya va artof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi Turğanboy Xojanazarov hisobot berdi. Hisobotda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalanişga doir qonun talablari ijrosi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş böyiça qilinayotgan işlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Hisobot davrida birgina suvni muhofaza qiliş zonalarida huquqbuzarlar tomonidan noqonuniy ravişda çiqindilarni joylaştirganlik yuzasidan 45 ta qonun buziliş holatlari aniqlanib, ularga nisbatan 7,4 mln. söm miqdorda maʼmuriy çoralar körilgan. “Toza hudud” davlat unitar korxonasi xodimlari bilan birgalikda çiqindilarni olib çiqib ketiş yuzasidan hududdagi korxona va taşkilotlardan şu kunga qadar jami 5 ming 300 ta xonadondan 4 ming 433 tasi bilan qattiq va maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş uçun şartnomalar tuzilgan. Şu kunga qadar aholiga şartnoma asosida 60 mln sömlikdan ortiq, yuridik taşkilotlarga 21 mln söm, byudjet taşkilotlariga esa 56 mln sömdan ortiq xizmatlar körsatilgan.
Kun tartibidagi ikkinçi masala yuzasidan tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va kiçik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Paşid Salayevning tumanda turizm va milliy hunarmandçilikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda tuman hududida turizm infratuzilmasini şakllantiriş, sayyohlar oqimini köpaytiriş, milliy hunarmandçilikni rivojlantiriş böyiça qilinayotgan işlarga töxtalib ötildi. Jumladan, tumanda aholi uylari xatlovdan ötkazilib, 5 ta xonadan mehmon uylar sifatida belgilangan hamda mehmonlarni qabul qilişga tayyor holga keltirilgan. “Özbekiston böylab sayyohat qil” dasturi doirasida jami 7000 nafarga yaqin tumanimiz aholisi mamlakatimizning turli hududlariga sayyohat qildilar. Bu boradagi işlarni tizimli ravişda taşkil qiliş böyiça çora-tadbirlar belgilangan.
Kun tartibidagi uçinçi masala – dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalaniş samaradorligini fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida muhokama qiliş holati böyiça fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisi birinçi örinbosari Aşirboy Qöuşayev hisobot berdi. Deputatlarga ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari tomonidan hududdagi tomorqa yerlariga ekin ekilişini monitoring qiliş natijalari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Sessiyada şuningdek, voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, profilaktika inspektorlari işlarini samarali taşkil etiş va muvofiqlaştiriş böyiça olib borilayotgan işlar yuzasidan tuman içki işlar bölimi boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi boşliği A.Qurboniyazovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi barça masalalar böyiça bildirilgan takliflar, fikr va mulohazalar inobatga olingan holda tegişli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶