Amudaryoda ğalla örim-yiğimiga qanday tayyorgarlik körilmoqda?
Joriy yil hosili uçun Amudaryo tumani böyiça 398 ta fermer xöjaliklarining jami 3000 gektar yeriga ğalla ekilgan edi. Şuning 26 ta fermer xöjaligining 233 gektar yeriga uruğlik uçun, 2767 gektar maydonga tovar don ekildi.
Yaqinlaşib kelayotgan ğalla örim-yiğimini qisqa muddatlarda va nobudgarçiliklarga yöl qöymasdan yiğib-terib oliş, davlat xirmoniga topşiriş uçun puxta hozirlik körilmoqda.
Buning uçun 6 ta örim-yiğim otryadlari tuzildi. Bu otryadlarga 14 ta kombaynlar biriktirilib, sozlab qöyildi.
Joriy yil ğalla örim-yiğim mavsumida ğallani öriş, taşiş, somonidan tozalaş va ğalladan böşagan maydonlarni peşma-peş şudgorlaş uçun jami 699,1 mln. söm mablağ, şu jumladan, 12.6 mln. söm texnikalar servis xizmatlari uçun, 28.7 mln. söm ehtiyot qismlar uçun, 529.9 mln. söm yonilği moylaş materiallari uçun ajratilgan. Şuningdek, iş haqi uçun 128 mln. söm sarflanadi.
Bundan taşqari, ğallani örib-yiğiş uçun 309.5 mln. söm, don taşiş işlari uçun 122.6 mln. söm, ğalla örilgan maydonlarning somonini taşiş işlari uçun 267 mln. söm mablağ sarflanişi kutilmoqda.
Ğalla – xalqimiz rizqi. Dehqonlarimizning fidoyi mehnatlari evaziga bunyodga kelgan hosilni nest-nobud qilmay sifatli yiğiştirib olib, davlat omboriga topşirilişi uçun zarur barça çora-tadbirlar amalga oşiriladi.
O.Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶