18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:22
Jamiyat 👁 1,068

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi tadbirlar oʻtkazildi

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi tadbirlar oʻtkazildi

Kitoblar donolikni yoyish qurolidir, deya yozgan edi buyuk faylasuf Komenskiy.

Chindan-da kitob mutolaa qilgan odam undan maʼnaviy ozuqa oladi, fikri teranlashadi, barkamol inson boʻlib voyaga yetadi, oʻz hayotini oʻzi toʻgʻri belgilay oladi.

Tumanimiz aholisini, ayniqsa yoshlarni kitob oʻqishga keng jalb qilish maqsadida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti qoshida kutubxona tashkil etilgan edi.

Ayni kunda mazkur kutubxonada 4000 dan ziyod kitob fondi mavjud boʻlib, ularning aksariyati oʻquvchi yoshlarga moʻljallangan asarlardir.

17-may kuni “Amudaryo telekanali” tahririyatida amalga oshirilayotgan “Odobli bola – el koʻrki” nomli grant loyihasi doirasida 64-sonli maktab yuqori sinf oʻquvchilarining mazkur kutubxonaga sayohati uyushtirildi.

Sayohatga oʻquvchilarni maktab kutubxonachisi Gulchehra Ollamova, ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Darmon Yoʻldoshevalar boshlab keldilar.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova oʻquvchilarni kutubxonadagi mavjud kitoblar bilan tanishtirdi, kutubxonaga aʼzo boʻlish, kitoblarni oʻqish uchun olish, qaytarish tartib-qoidalarini oʻrgatdi.

Shuningdek, istak bildirgan oʻquvchilar kutubxonaga aʼzo boʻlib, oʻzlariga yoqqan kitoblarni oʻqish uchun oldilar.

– Baʼzan biz darslikka qoʻshimcha oʻqish uchun tavsiya qilingan adabiyotlarni topishda qiynalar edik. Bu kutubxona bizning oʻquvchilarimiz uchun yaxshi imkoniyat ekan. Endi albatta oʻquvchilarimiz bilan tez-tez kelib turamiz, -dedi Darmon Yoʻldosheva.

Kutubxonaga qilingan sayohat oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

18-may kuni mazkur grant loyihasi doirasida Oq oltin ovulidagi 7-sonli maktabda namunali oilalarning, nuroniy otaxon va onaxonlarning hayot tajribalari asosida yosh oilalarni, ularda voyaga yetayotgan yosh avlodni milliy urf-odat, qadriyatlar, anʼanalarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Kiyinish madaniyati-yoshlar maʼnaviyati koʻzgusi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatini maktab direktori Bozorboy Ibragimov ochdi va olib bordi.

Tadbirda “Taraqqiyot koʻzgusi ” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimizning bugungi kundagi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, xususan, milliy liboslarimiz, yoshlarning kiyinish madaniyatiga qay tariqa amal qilayotganligi haqida batafsil gapirdi.

Ochigʻini aytish kerak, ayrim qizlar-yigitlar xorij filmlari taʼsirida ochiq-sochiq, kalta va tor kiyishga harakat qiladilar. Yigitlarning ham kalta shortik, yengsiz koftalarda jamoat joylarda yurganini uchratamiz. Oʻzingiz bir oʻylab koʻring: oʻz milliy liboslarimiz bunday kiyimlardan kammi, koʻrimsizmi? Chor-atrofidagilardan ajralib, oʻzgacharoq boʻlib yurish, boshqalarning diqqatini oʻziga jalb qilishga urinib, ortiqcha hashamdor yoxud yelkalari ochiq, tor kiyimlar kiyishni qanday baholaysiz?

Oʻrtaga tashlangan bunday savollarga yoshlarning fikrlari bizni juda quvontirdi: ular milliyligimizdan chekinmagan holda kiyinish tarafdori! Maktab oʻquvchilari Oydoʻs Boltabekov, Sanjar Hayitboyev, Sarvar Otaboyev, Nilufar Safarboyevalarning fikrini tinglagan kishi shunday xulosaga kelishi tayin.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida oʻtgan davra suhbati ishtirokchilarda chuqur taassurotlar qoldirdi.

Sevara Ismoilova,

gazetaning jamoatchi muxbiri.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

Amudaryo tuman yetakchilar Kengashi aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026