ENG BILIMDON YoShLAP YeTAKChILAPI ANIQLANDI
19-may kuni Yoshlar ittifoqi tuman Kengashida maktablar hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining boshlangʻich tashkilotlari etakchilari oʻrtasida “Eng bilimdon yoshlar yetakchisi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovda tumanimizdagi barcha maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Tanlov 4 ta shartdan iborat boʻlib, unda yetakchilarning siyosiy bilimi, dunyoqarashi sinovdan oʻtkazildi.

Natijalarga koʻra maktab etakchilari oʻrtasida 78-sonli maktabning yoshlar yetakchisi Shamshod Qurbonboev 1-oʻrinni, 11-sonli maktab yoshlar etakchisi Qunduz Xolmurodova 2-oʻrinni hamda 16-sonli maktabning yoshlar yetakchisi Dildora Nuraddinova 3-oʻrinni egalladi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari yoshlar yetakchilari oʻrtasida esa Amudaryo akademik litseyining yoshlar etakchisi Sherzod Matkarimov 1-oʻrinni, Amudaryo meleoratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejining yoshlar yetakchisi Komiljon Abdullaev 2-oʻrinni hamda Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejining yoshlar etakchisi Pashid Tursunboev 3-oʻrinni egalladi.
Gʻoliblar Yoshlar ittifoqi Amudaryo tumani Kengashi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶