24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:48
Jamiyat 👁 1,370

MAHALLALARDAGI IBRATLI OILALAR ANIQLANDI

MAHALLALARDAGI IBRATLI OILALAR ANIQLANDI

Oila – muqaddas qoʻrgʻon. Oila qadriyatlari, asrlar osha avlodan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼana va urf-odatlar esa oilaning har bir aʼzosi uchun qadrli. Sogʻlom, maʼnan va jismonan yetuk insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda oilaning oʻrni katta. Ayniqsa, nuroniy otaxon va onaxonlarimizning oʻziga xos hayotiy tajribalari jamiyatimiz koʻzgusi boʻlgan ibratli oilalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

15-may – Xalqaro Oila kuni munosabati bilan tumanimizda 10-17-may kunlari Oila haftaligi oʻtkazildi. Boʻlib oʻtgan Oila haftaligida ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi barcha oilalar qamrab olinib, ularning turmush tarzlari, mahalla ijtimoiy-maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni, oilalarda yaratilgan ishbilarmonlik va oʻziga xos tarbiyaviy muhit masʼullar tomonidan oʻrganib chiqildi.

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Respublika Oila ilmiy-amaliy tadqiqot Markazining tuman Kengashi hamkorligida oʻtkazilgan ushbu haftalik davomida Xalqaro Oila kuniga bagʻishlangan “Ibratli oila” respublika koʻrik-tanlovining mahalla bosqichi ham boʻlib oʻtdi. Unda har tomonlama yetuk va barkamol farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan, oʻz oilalarida hayotning abadiyligini, avlodlar davomiyligini taʼminlagan, muqaddas urf-odat va anʼanalarimizni saqlagan, kelajak nasllarni munosib insonlar qilib voyaga yetkazib, ona Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan oilalarning sohib va sohibalari “Ibratli Oila” koʻrik-tanlovining mahalla bosqichi gʻoliblari boʻldilar.

Joriy yilning 17-may kuni Mangʻit shahar istirohat bogʻida Xalqaro Oila kuni munosabati bilan oʻtkazilgan Oila haftaligida faol ishtirok etgan “Ibratli Oila” koʻrik-tanlovining mahalla bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tumanimizdagi OFY va MFYlarda istiqomat qiluvchi tadbirkor oilalarning tadbirkorlik mahsulotlari aks etgan koʻrgazma ham namoyish etildi. Hunarmand Abdusharif Masharipov, yosh innovatsiyachi Abrorbek Hayitboyev, tikuvchi-modeler Tamara Yusupovalarning mahsulotlari barchaga manzur boʻldi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova Oila haftaligida faol ishtirok etgan tumanimizdagi ibratli oilalarning oʻziga xos goʻzal tutumlari, ularda shakllangan milliy mentalitetmizga mos maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya usullarini barchaga namuna qilib koʻrsatdi hamda bu oilalarda voyaga yetgan farzandlarning hayotda erishayotgan yutuqlari, “Ibratli oila” koʻrik-tanlovining ahamiyati haqida gapirdi.

Shuningdek, Respublika Oila ilmiy-amaliy tadqiqot Markazining tuman Kengashi rahbari Gulshod Yusupova, “Gulzor” MFYda istiqomat qiluvchi ibratli oila sohibi Abdulla Xoʻjametov, “Doʻstlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Jongilbeka hoji Rahim Bobojon qizi va boshqalar ham soʻzga chiqishib, mustahkam oilaning shakllanishida milliy urf-odat va anʼanalarning ahamiyati gʻoyat muhim ekanligini taʼkdladilar.

“Ibratli oila” respublika koʻrik-tanlovining mahalla bosqichi gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar va mazkur koʻrik-tanlovning joriy yil iyun oyida boʻlib oʻtadigan tuman bosqichiga yoʻllanma oldilar. Tuman madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan maroqli kontsert dasturi barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026