Toʻylarni ixchamlashtirish boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazildi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida “Mahalla – bong uradi: dabdabali toʻy-baxt kafolati emas” mavzusida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirlar tumanidagi 49 ta mahalla fuqarolar yigʻinini qamrab olgan holda 4 ta hududda oʻtkazildi.
Tadbirlarda Nukus Davlat Pedogogika Institutining professor oʻqituvchilari Z.Tangirberganova, T.Soparboyev, N.Otenov, P.Xodjalepesov, FOʻOʻBOFMB tuman Kengashi xodimlari R.Oʻrazboyev, M.Oʻrazboyev, M.Eshmanov va P.Yakubboyevlar, ovul hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, mahalla faollari ishtirok etdi.
Targʻibot-tadbirida ishtirok etgan faollar tomonidan toʻy-marosimlarni tejamli, isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha fikr va mulohazalar bildirildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar toʻy-hashamlarni ixchamlashtirish boʻyicha “Mahalla” Kengashi va “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan yoʻllangan murojaat boʻyicha ham oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Targʻibot tadbirlarida 600 nafarga yaqin mahalla faollari ishtirok etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶