Dala atrofi yerlaridan qanday foydalanilmoqda?
Amudaryo tumanida 15 ming 550 gektar maydonga chigit ekilgan boʻlib, urugʻ ekilgan maydonlarning dala atroflari 2 ming 268 kilometrni tashkil qiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va fermer xoʻjaliklarining daromadini oshirish, bozrlarda toʻkinchilikni taʼminlash hamda eksportga mahsulot chiqarish maqsadida dala atroflarining 453,5 km qismiga oshqovoq, 680,4 km yeriga makkajoʻxori, 113 km maydoniga achchiq qalampir, 135,9 km yeriga bulgʻor qalampiri, 317,5 km qismiga pomidor, 226,9 km yeriga baqlajon va 340,3 km qismiga dukkakli ekinlar (mosh, loviya) ekish rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda dala atrofiga oʻz vaqtida qoʻshimcha ekinlar ekkan fermer xoʻjaliklari maydonlarida urugʻlar bir tekis unib chiqmoqda. Endilikda fermer xoʻjaliklari paxta va gʻalla tarbiyasi bilan bir qatorda dala atrofiga ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ham sifatli parvarishlab, moʻl hosil olish uchun harakat qilmoqdalar.
(Foto - http://auz.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶