Dörman ovulida kitobxon yoşlar köp

Ovuldagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisi şu kunlarda bahor tarovatidan yanada körkam qiyofa kasb etdi. Baland va sersoya gujumlar, xuşböy gullar, ninabargli dov-daraxtlar qulf urib turgan bu möʼtabar maskanda bölib ötgan “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida eʼlon qilingan Ommaviy kitobxonlik oyligining “Sayyor kitoblar karvoni” loyihasida nafaqat maktab öquvçi-yoşlari, balki ularning ota-onalari ham faol iştirok etdilar.
Tadbirda “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Ahmad Nafasov, “Sayyor kitob karvoni” loyihasi hamkori Özbekiston jurnalistlar Ijodiy uyuşmasi aʼzosi Allambergan Jumaniyozov, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Pobiya Yöldoşeva, Dörman ovulida istiqomat qiluvçi şoir Şomurod Xöjanov, 20-sonli maktab öqituvçisi Erkin Qurbonboyevlar kitobxonlikning ahamiyati, mamlakatimizda ijod ahliga körsatilayotgan eʼtibor va rağbat, şuningdek mamlakatimizdagi nufuzli naşriyotlarda çop etilayotgan yangi asarlar va ularning mualliflari, eng yaxşi, bilimdon kitobxonlarni rağbatlantiriş borasida olib borilayotgan işlar, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi özgarişlar haqida öquvçi-yoşlarga gapirib berdilar. Iştirokçilarni “Sayyor kitob karvoni” loyihasi doirasidagi “Eng yaxşi sovğa – kitob”, “Kutubxonaga kitob sovğa qilaman” aktsiyasida faol iştirok etişga daʼvat etdilar.
Tadbirda “Kitoblar olami” firma dökonining köçma savdo rastasi taşkil etilib, iştirokçilarga namunali savdo xizmati körsatildi. “Jayxun ilhomlari” NNT ning “Köçma kutubxonasi” hamkori Dildora Pajabovaning xizmatidan köpçilik mamnun böldi. Şu kuni “Jayxun ilhomlari” NNTkutubxonasiga 20 nafar öquvçi-yoşlar aʼzo böldilar va özlari uçun manzur bölgan kitoblarni öqiş uçun tanlab oldilar.
Pobiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶