Amudaryo tumani Adliya bölimi boşliği tayinlandi (+video)
Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kungi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga asosan Amudaryo tumanida ham Adliya bölimi taşkil qilindi.
8-may kuni tuman FHDYo bölimi va 1-sonli davlat notarial idorasi joylaşgan binoda Amudaryo tumani Adliya bölimi boşliğini tayinlaş marosimi bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Pespublikasi Adliya vaziri J.Sadiqov, tuman hokimi S.Yöldoşev va boşqalar iştirok etdi.

Şu kunga qadar "Amudaryo himoyasi" advokatlik byurosi rahbari vazifasida işlab kelayotgan Matyusupov Möminjon Gulmirzayeviç Amudaryo tumani Adliya bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi.
M.Matyusupov 1982-yilda Amudaryo tumanida tuğilgan. 2004-yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Maʼlumoti böyiça mutaxassisligi – yurisprudentsiya.

M.Matyusupov Amudaryo telekanaliga bergan intervyusida tuman (şahar) adliya bölimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat ekanligini aytib ötdi:
hokimlarga hamda davlat organlari va taşkilotlarining tumanlar (şaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarni qöllaş masalalari böyiça maslahatlar beriş;
davlat organlari va taşkilotlari tuman (şahar) tuzilmalarining qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taşkil etiş böyiça faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiliş va muvofiqlaştiriş;
qabul qilinayotgan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijroçilarga yetkaziş, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” printsipi böyiça huquqiy tarğibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham beriş borasida, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi va sud organlari bilan birgalikda çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
tumanlar (şaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengaşlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan ötkaziş;
huquqni qöllaş amaliyotini örganiş va tahlil qiliş, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlaş böyiça takliflarni işlab çiqiş;
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş, öz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş;
davlat organlari va taşkilotlarining tuman (şahar) tuzilmalarida huquqiy işlarning holatini monitoring qiliş, şuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, nazorat qiliş va metodik taʼminlaş.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶