Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 46-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT
2018-yil 28-aprel kuni tuman hokimligida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 46-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyani Kengash raisi, tuman hokimi S.Yoʻldashev ochdi va olib bordi.
Sessiyada tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, tijorat banklari, aloqa, qishloq xoʻjaligi sohalari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sessiya kotibligiga 23-Bobur saylov okrugidan deputat R.Xalmuratov saylandi.
Sessiyada dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgust kungi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3182-sonli qarorining ijrosi boʻyicha sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi.
1-sektor rahbari – tuman hokimi S.Yoʻldashev, 2-sektor rahbari – tuman prokurori F.Sabirov, 3-sektor rahbari – tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi D.Ibragimov va 4-sektor rahbari – tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi B.Kamalovlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga keng turda toʻxtalib oʻtdi.
Soʻngra deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5283-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi boʻyicha tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M.Temirbayev, hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari R.Salayev, tuman moliya boʻlimi boshligʻi B.Kamolov va davlat soliq inspektsiyasi rahbari B.Kamalovlarning hisobotlarini tingladilar.
Sessiyada deputatlarga tuman mahalliy byudjetining 2018-yil I choragidagi ijrosi yuzasidan hisobot berildi.
Soʻngra deputatlar tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi D.Ibragimov va tuman IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi A.Qurboniyozovning hisobotini tingladilar.
Sessiyada tuman hokimi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi A.Yuldashevning “Tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib yer uchastkalaridan samarali foydalanish ahvoli toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan hisoboti, “Tumanda 2018-yilda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish dasturi ijrosi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi F.Sadullayevning axboroti tinglandi.
Shuningdek, sessiyada tumanda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining tuman boʻlimi inspektori I.Sobirov hisobot berdi.
Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha faol munozaralardan soʻng xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶