“Ommaviy kitobxonlik oyligi” davom etmoqda



Maʼnaviyat va mutolaa bayrami
Şu kunlarda tumanimizda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va tahririyat huzuridagi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti hamkorligida “Oilaviy kitobxonlik oyligi” ötkazilmoqda.
Joriy yilning 20-aprelidan 20-may sanasigaça ötkazilişi belgilangan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasidagi tadbir “Çoyköl” ovuli hududidagi 22-sonli maktab öquvçi-yoşlari iştirokida bölib ötdi. Unda “Sayyor kitob karvoni” loyihasi böyiça öquvçi-yoşlar “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan taşkil etilgan “Köçma kutubxona” bilan yaqindan tanişdilar va 23 nafar öquvçilar kutubxonaga aʼzo böldilar.
Şuningdek, tadbir iştirokçilari köçma kitob dökoni xizmatlaridan ham bahramand bölişlari uçun şaroit yaratildi. Bu borada kitob savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkor Uluğbek Maşaripov raxbarligidagi “Amudaryo-nur-ziyo” firma dökoni namunali xizmat kşrsatdi hamda “Eng yaxşi sovğa – kitob” aktsiyasida ota-onalar va kitobxon öquvçilar faol iştirok etişib, bir-birlariga kitoblar sovğa qildilar.
“Kutubxonaga kitob sovğa qilaman” deb nomlangan xayriya aktsiyasi iştirokçisi, 22-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Maqsud Ollamurodov “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasiga ikkita kitobni sovğa sifatida topşirdi.
“Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida ötkazilgan tadbirda “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Ahmad Nafasov, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Pobiya Yöldoşevalar öquvçi-yoşlarga kitobning inson hayotida tutgan örni, inson kamolotidagi maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati haqida gapirib berdilar.
Bölib ötgan tadbir öquvçi-yoşlar va ularning ota-onalari uçun haqiqiy maʼnaviyat va mutolaa bayramiga aylanib ketdi.
Dildora PAJABOVA,
www amunews.uz veb saytining jamoatçi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶