YoShLAP FESTIVALI OʻTKAZILDI
Tumanimizdagi 9-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida boʻlib oʻtgan yoshlar festivali ham yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, isteʼdodlarini roʻyobga chiqishiga koʻmaklashish maqsadida tashkil qilindi. Festival Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman Madaniyat boʻlimi, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va tuman Xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Yoshlar festivalida kitoblar yarmarkasi tashkil qilinib, yoshlar kitobxonligi aktsiyasi oʻtkazildi. Shundan soʻng, festivalning asosiy qismida “Yosh qoʻshiq ijrochilari” hamda “Yoshlar cholgʻu ansambllari va orkestrlari” tanlovlari boʻlib oʻtdi.
“Yosh qoʻshiq ijrochilari” tanlovida ishtirok etgan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar anʼanaviy, akademik, baxshichilik va estrada yoʻnalishlarida milliy ohanglarga yoʻgʻrilgan qoʻshiqlarni ijro etib, oʻz isteʼdodlarini namoyon qildilar. “Yoshlar cholgʻu ansambllari va orkestrlari” tanlovida esa musiqachi yoshlardan tashkil topgan milliy cholgʻu asboblari, estrada va simfonik cholgʻu orkestr ansambllari anʼanaviy va akademik yoʻnalishlardagi ijrolarini taqdim etdilar.
Tanlovning anʼanaviy xonanda yoʻnalishi boʻyicha yosh havaskor xonanda Sayfullo Gulmonov, estrada yoʻnalishi boʻyicha Bobur Mahmudov hamda cholgʻuchilik yoʻnalishi boʻyicha 9-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining “Milliy anʼanaviy sozandalar” xalq cholgʻu ansambllari gʻolib deb topildilar. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha gʻoliblar va faol ishtirok etgan yoshlar Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶