“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”da yigʻilish oʻtkazildi
Yaqinda Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻinida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan ijtimoiy maʼnaviyat muhitni yanada sogʻlomlashtirish, noqonuniy migratsiyaning, diniy ekstremizmning hamda jinoyatchilarning oldini olish masalasiga bogʻlangan yigʻilish boʻlib. Yigʻilishda Yangiobod MFY xodimlari IIB masʼul xodimlari va mahalla faollari ishtirok qildilar.
Yigʻilishni mahalla fuqarolar yigʻini raisi Zebo Rajabova kirish soʻz bilan ochib, muhokama etiladigan masala yuzasidan tushunchalar berdi.
Shundan soʻng tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari A.Qurboniyozov soʻzga chiqib, tumanda 2018-yil davomida sodir etilgan jinoyatlar va jinoyatchilikni bartaraf etish yuzasidan olib borilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi.
Shuningdek, A. Qurboniyozov yoshlar tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, ularning boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil qilish, yoshlar ongida milliy qadryatlarimiz asosida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga keng toʻxtaldi.
Soʻngra yigʻilishda mahalla profilaktika inspektori J.Alikeyev ham soʻzga chiqib, jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha mahallada olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Yigʻilish muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶