Eng namunali tuman sardorlari aniqlandi
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali sardorlar kengashi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida gʻolib boʻlgan “Jayhun yoshlari” jamoasi Toʻrtkoʻl tumanida oʻtkazilgan hududiy bosqichda ham 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.
Yaqinda Nukus shahrida tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi oʻtkazildi. “Jayhun yoshlari” jamoasi bu tanlovda hududiy bosqichlarda gʻolib boʻlgan jamoalar bilan uch shart boʻyicha bellashdi. Tanlov yakunida tumanimizning 18 nafar ishtirokchidan iborat “Jayhun yoshlari” jamoasi 3-oʻrin gʻolibligiga munosib deb topildi.
“Jayhun yoshlari” jamoasiga Yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan elektron doska va diplomlar topshirildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶