Jamiyat
👁 663
Amudaryo tumanida 2 ta yangi mahalla tashkil qilindi
Amudaryo tumanidagi Yangiobod va Daryoboʻyi mahallalarini boʻlish, chegaralarini belgilash, yangidan tashkil qilinadigan mahalla va shaharchaga nom berish haqidagi Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2018-yil 8-yanvardagi Qaroriga asosan tumanda yangidan 2 ta mahalla tashkil qilindi.
Qipchoq ovulidagi Daryo boʻyi mahallasini ikkiga boʻlish natijasida Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini tashkil qilindi. Unda 491 ta xonadon, 797 ta oilada 2951 nafar aholi istiqomat qiladi.
Yangiobod mahallasini ikkiga boʻlish natijasida esa Vatanparvar, Navbahor, Yakkatut, Totuvlik, Xalqobod, Kimyogarlar, Farovon koʻchalaridan iborat Farovon mahallasi tashkil qilindi. Mahallada 539 xonadon, 654 ta oilada 1732 nafar aholi istiqomat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶