“Yosh chegarachilar” xarbiy sport musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi
30-mart kuni “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashining sport maydonchasida “Yosh chegarachilar” xarbiy sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tumandagi “Mangʻit” chegara posti, mudofaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman boʻlimi va tibbiyot bilashmasi bilan xamkorlikda tashkil qilingan mazkur sport musobaqalarida tumanimizdagi kasb-hunar kollejlaridan 7 ta jamoa ishtirok etdi.
Jamoalarning jismoniy tayyorgarlik holati safda yurish, safda yurib qoʻshiq aytish, harbiy kiyimlarni kiyish, merganlik, avtomat bilan ishlashish, uzunlikka yugurish, granata uloqtirish va turnikda tortilish kabi shartlar asosida sinovdan oʻtkazildi. Shuningdek, boʻlgʻusi Vatan himoyachilarining ijtimoiy-siyosiy jihatdan bilimdonligi ham hakamlar hayʼati tomonidan baholandi.
Barcha shartlar boʻyicha oʻzlarining kuchi va iqtidorlarini namoyish qilgan Amudaryo milioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji jamoasi 1-oʻrinni, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji jamoasi 2-oʻrinni, Mangʻit iqtisodiyot kolleji jamoasi 3-oʻrinni egalladi.
Musobaqa ishtirokchilari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶