Tuman Kengaşi deputatlarini moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş tizimi joriy etilmoqda
2018-yil 24-mart kungi xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 44-sessiyasi qarori bilan tuman Kengaşi deputatlarini moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş tizimini joriy etildi.
Endilikda tuman kengaşi deputatlariga “Adolatli deputat”, “Xalqparvar deputat”, “Mehnatkaş deputat” va “Faxriy deputat” nomlari beriladi.
Bu işlar xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlarini moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş töğrisidagi Nizom va şu maqsadda tuzilgan Komissiya xulosasiga asosan amalga oşiriladi.
“Adolatli deputat”, “Xalqparvar deputat” va “Mehnatkaş deputat” nomlariga ega bölgan deputatlarga tuman Kengaşi qarori bilan tasdiqlanadigan şakldagi sertifikat va esdalik sovğalar beriladi hamda bunday nomga munosib deb topilganlarni keyingi saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida körsatiş siyosiy partiyalarga tavsiya etiladi.
“Faxriy deputat” nomi har yili deputatlik muddati tugagan bir sobiq deputatga beriladi.
Maʼlumot uçun:
“Adolatli deputat” nomi uçun asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- tuman Kengaşi sessiyalarida muhokamalarda doimiy va ahamiyatga molik masalalarni olib çiqişda faol qatnaşiş;
- tuman Kengaşi va uning doimiy komissiyalari tomonidan muhokama qilinayotgan masalalar böyiça özining asosli hamda taʼsirçan takliflarini ilgari surayotgan (maʼruza va muhokamalarda iştirok qiliş);
- qonunlarni aholi orasida tarğib kiliş, ularning huquqiy madaniyatini oşirişda faollik körsatiş;
- turli xil munozarali huquqiy masalalarpi hal etişda qatiyatlilik körsatiş;
- qonunlar ijrosini va huquqni qöllaş amaliyotini örganişda özining munosib hissasini qöşiş.
Bunda, deputatlarning taşabbusi bilan tuman Kengaşi sessiyalari muhokamasiga kiritilgan masalalar va Kengaş sessiyalarida hisobotlari tinglangan mansabdor şaxslar soni, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş maqsadida ötkazilgan taşviqot işlarining soni, ijrosi örganilgan qonunlar, erişilgan amaliy natijalarining soni hisobga olinadi.
“Xalqparvar deputat” nomi uçun asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- xalk manfaatlarini himoya kilişda faollik körsatib, öz saylovçilari bilan doimiy muloqotda böliş;
- murojaatlarni körib çiqişda hududning rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan muammolarni bartarf qilişda, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklaşda deputatlik nazoratidan keng foydalaniş va amaliy natijalarga erişiş.
Bunda, fuqarolarning körib çiqilgan va yeçilgan murojaatlari soni, deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik sörovlari soni, tuman Kengaşi sessiyalari muhokamasiga kiritilgan masalalar böyiça hudud va saylovçilarning manfaatlaridan kelib çiqib bildirgan pozitsiya (bayonotlari) takliflari soni hisobga olinadi.
“Mehnatkaş deputat” nomi uçun asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- öz vakolatlarini, belgilangan rejalarni töliq va sifatli amalga oşiriş;
- özining asosiy faoliyatidan taşqari turli komissiya, işçi guruhlar va boşqa jamoatçilik işlarida faol iştirok etiş;
- hududiy dasturlarning işlab çiqilişida aniq takliflar bilan taşabbus körsatiş;
- qonun hujjatlarini, davlat va hududiy dasturlarni amalga oşirişda aniq natijalarga erişiş;
- öz faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravişda yoritib boriş.
Bunda, deputatlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maqolalar soni, qonun hujjatlari va boşqada hujjatlarni işlab çiqiş va ularni takomillaştiriş böyiça bildirilgan takliflar soni hisobga olinadi.
“Faxriy deputat” nomi sidqidildan va natijali faoliyat yuritgan hamda deputatlik muddati tugagan deputatlarga beriladi.
“Faxriy deputat” uçun asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- tuman Kengaşi faoliyatini rivojlantirişga ulkan hissa qöşiş;
- ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarni amalga oşirişda munosib hissa qöşiş;
- jamiyatning ijtimoiy hayotidagi faolligi bilan aholi örtasida munosib obrö-eʼtiborga erişiş.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶