BAYRAM OLDI MINIFUTBOL MUSOBAQASI
Navroʻz – umumxalq bayrami munosabati bilan tumanimizdagi taʼlim muassasalarida, mahallalarda turli sport musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi tuman boʻlimi, “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlimi, Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi va XTMFMTTE boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan minifutbol musobaqalarida tumanimiz hududidagi mahallalardan 120 nafar sportchi-yoshlar ishtirok etdilar. Jami 12 ta jamoa oʻrtasida boʻlib oʻtgan bu doʻstona musobaqada Mangʻit shahridagi Boʻston mahallasi jamoasi faxrli 1-oʻrinni egallashdi. Ikkinchi oʻrin “Oʻrta qalʼa” ovuli yosh futbolchilariga nasib etgan boʻlsa, Beruniy nomli mahalla yoshlari 3-oʻrinni egallashdi.
Musobaqa yakunida gʻolib boʻlgan jamoalarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovgʻalar berildi.
Suratda: minifutbol musobaqasi gʻolibi Boʻston mahallasi jamolari aʼzolari.
M.ShOMURODOV olgan surat.
Robiya YOʻLDOShEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶