24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 09:31
Jamiyat 👁 1,842

Amudaryoda millatlararo totuvlik mavzusida tadbir va sumalak sayli oʻtkazildi

Amudaryoda millatlararo totuvlik mavzusida tadbir va sumalak sayli oʻtkazildi

Mavzuga oid fotolavhalar:

Amudaryoda sumalak sayli oʻtkazildi

Millatlararo totuvlik mavzusida tadbir oʻtkazildi

Sumalak! U haqda gapirib ado etolmaymiz. Koʻzlarni yashnatib, koʻngillarni gupirtirib yuborguvchi qudrat bor bu soʻzda! “Hut”ning izgʻirinlarini pisand qilmay, hali ona zamin uygʻonmay, abri naysonni koʻrmayoq Amu elimning kayvoni momolari bir-birlarini chorlab qolishlarida ajib hikmat bor-ay! Bu hikmatning mohiyati – mehr, mazmuni – odamiylik, totuvlik, oqibat, hurmat va eʼzoz-eʼtibor. Bu – necha ming yillar silsilasida mazmunan boyigan, shaklan takomillashgan buyuk maʼnaviy meros – oʻlmas qadriyat. Shuning uchun ham har yili bahorning ilk kunlaridanoq xalqimiz dilida ajib bir samimiyat choʻgʻi alanglanadi: “Sumalakka, qoʻshnilar!”.

Ana, koʻrdingizmi, qoʻshni-qoʻshnini, qoʻshnilar jam boʻlishib, ahli mahallani chorlashadi. Samimiyat choʻgʻi tafti el-yurtni birlashtiradi! Oʻrtada mehr hokim, totuvlik, oqibat hokim, hurmat va eʼtibor-eʼzoz koʻngillarni oʻstiradi.

Ona yurt kengliklariga Sumalakning hushboʻy hidi taraladi. Qiz-u kelinchaklar koʻpni koʻrgan momolar qabatiga kirishib, qozonlar boshida halak. Biri turkman, biri oʻzbek, yana birlari qozoq, rus, qoraqalpoq, tatar, boshqird, ... va yana birlari ozarbayjon millatiga mansub onajonlar qadim qoʻshiqlarni, oʻlan-u laparlarni kuylashib-kuylashib qozon kovlashadi. Kavokib  boʻstoni aro jimirlashgan yulduzlar, boshlari uzra kumush nur elayotgan oy botib, tong otguncha samimiyat choʻgʻi lovullaydi oʻchoqlarda.

Tuman madaniyat boʻlimi ofisi hamda 1-sonli madaniyat va axoli dam olish markazi binosi oldiga qozon-u oʻchoqlar qurildi. “Ofarin” xalq etnografik-folklor ansambli rahbari Penat Safarbayev hamkasblarini sumalakka chorladi:

Tuman madaniyat boʻlimi mudiri Shuhrat Yusupov va Penatjon Safarbayev, Nasibaxon Eshchanovalar rahbarligida boshlangan ish xayrli kechdi. “Qangli” ovullik Bibioysha ena Avazmurodova maslahati bilan Sanamjon ena Xudoyberganova shu kuniyoq bugʻdoyni tozalab, suvgv soldi. Sanamjon enaga “Choykoʻl” dan Pahimajon Xudoyberganova koʻmakchi boʻldi.

Dahsar qozon tagiga olov qalagan, oʻtin yorgan yigitlar, keli tuygan qiz-u kelinchaklar kayfiyati kunday charaqladi. Sanamjon ena bugʻdoy shirasiga toʻlgan qozonga un chaydi, oʻzaro ahillikni qarangki, Xolimbeg ovullik Anorgul eje Genjeyeva, “Boy ovul” MFY maslahatchisi Fotimaxon Doʻsimbetova, Oybek nomli MFY maslahatchisi Momojon Pahimova, Munavvarxon Soliyevalar biri olib, biri qoʻyib laparlar, rivoyatu oʻlanlar aytishni boshlab yuborishdi. Ayniqsa, Anorgul eje Genjeyevaning doira joʻrligida kuylagan ashulalari, oʻlanlari bu yerda hozir boʻlgan yoshlarni toʻlqinlantirib yubordi:

Kel, ho kel, qiz bola-yo,

Boshi ochiq boʻz bola-yo.

Sirlaringni ayt menga-yo,

Senga beray soʻz bola-yo.

Siringni hech sochmayman,

Shartlaringdan qochmayman.

Shu oʻtinni yorsang-o,

Eng goʻzalga yorsan-o!

- “Gurr” kulgu koʻtarildi. Oʻtin yorish musobaqasining hakami Jumaboy ogʻa Kamolov boʻz bolaning oʻrniga oʻzi oʻtin yorib, olovga qaladi. Anorgul ejening childirmasi jaranggi avjlandi. Tumandagi 4-sonli MTMning jajji raqqosalari bilan “Barkamol avlod” bolalar markazining “Shoʻx bolalar” guruhi davrani qizitishdi. Yana oʻlan-u laparlar, Sanamjon ena Xudoyberganovaning biri-biridan qiziqarli rivoyatlaridan maʼno-mazmun uqqan qiz-u kelinchaklar ishga shoʻngʻishdi.

Oybek nomli MFY kotibasi Munavvarhon Soliyeva bilan Fotimahon Doʻsimbetova, Pahimahon Xudoyberganovalar biri-biridan qolishmay, navbatma-navbat keli sopini tutishganalaridan ilhomlangan Anorgul ejening childirmasi yanada qattiqroq jarang sochdi. Childirma jarangiga monand ajib xalqona oʻlan barchani oʻziga rom etib, oʻyin davrasi avj oldi:

Qani-qani gul, malak,

Senga oshiqmi falak!

Oʻynab-oʻynab koʻngling yoz,

Bugun sayli-sumalak!

Samo toqidagi charogʻon oy-u yulduzlar shuʼlasida tobora rangi ochilishib borayotgan sumalakning qaynashiga monand dillar joʻshib, barmoqlarini qarsillatib oʻyin qurganlar davrasiga 38-sonli maktabning “Tasanno” guruhi yosh havaskor-sanʼatkorlari qoʻshilishdi. Xushovoz xonanda Shahnoza Matsafoyeva kuylagan qoʻshiqlar koʻngillarga payvasta boʻldi. Oʻyin-kulgu, aytishuv va laparlar, nihoyatda samimiy hazillar hokim bu davraga hamma qoʻshildi goʻyo.

Ajoyib! Hech kim bir-birovga “kel-yey”, degani yoʻq. Sen uni qil, sen buni qil, degan buyruqlar boʻlmadi. Faqat tuman Madaniyat ishlari boʻlimi mudiri Shuhrat Yusupov, “Ofarin” xalq etnografik-folklor ansambli rahbari Penat Safarboyev va Nasibaxon Eshchanovalar orzu qilishdi:

- Bi-ir sumalak qilsak, biz qurgan oʻchogʻ-u qozon atrofiga tumanimizning toʻrt tomonidan yaxshilar yetib kelishsa!

Ajoyib! Juda ajoyib! Bu shunchaki orzu boʻlmadi, balki ezgu niyatning el-yurtga yoʻldosh boʻlib, maʼnaviy qadryatlarning, xalqona tutumlarning yanada yuksalganidan dalolat boʻldi!

Qarang-a, xali dahsar qozonimiz tagidagi olov oʻchmay burun, bu ajib sumalak tadbiriga yana bir goʻzal anʼana ulanib ketdi. Nazarimda shu kuni Amu zamini oʻndan ortiq millatlar uchun chinakam charogʻon koshonaga aylandi.

“Oʻzbekiston – umumiy uyimiz!”

Xuddi shunday boʻldi: tuman madaniyat boʻlimi markaziy madaniyat saroyi 12-mart tongidanoq bayram tusini oldi. Kechagina dahsar qozon oʻrnatib, tumanimizning toʻrt tomonidan yaxshilarni sumalakka  chorlagan Amu elining aziz va mehmondoʻst xalqi uchun bu kun millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat  tantanasiga aylandi.

Navroʻz bayrami arafasida bu qutlugʻ koshonada Xalqaro doʻstlik kuni munosabati bilan “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida boʻlib oʻtgan madaniy-maʼrifiy tadbir xalqimizning asrlardan-asrlarga oʻtib kelayotgan bobomeros urf-odat va anʼanalarini buyuk maʼnaviy merosi hamda betakror tutumlarini oʻzida mujassam etganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar avvalo tumanimizning deyarli barcha hududlarida istiqomat qiluvchi xalqimizning goʻzal urf-odat, anʼana va marosimlari, shuningdek xalq hunarmandchiligining faqat Amu eliga xos boʻlgan betakror namunalari aks etgan koʻrgazma bilan yaqindan tanishdilar.

Azim Qilichboy hududidagi “Tosh qalʼa”, “Xizr eli”, “Yuqori qishloq”, “Boʻz solma” mahallalari hamda Doʻrman ovullarining qoʻli gul hunarmandlari, chevarlari tomonidan yaratilgan gul koʻrpalar, oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turkman xalqlarining milliy hunarmandchilik buyumlarini koʻrgazma ishtirokchilari katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

- Mana bu gul koʻrpalar, choyshablarga oʻyilgan gul va naqshlar 100-150 yillik tarixga ega, - deydi “Tosh qala” MFY diniy maʼrifat va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Ravshanoy Tilovboyeva.  - Xuddi mana shunday koʻrgazmalardan birida, 2012-yil tumanimizda mehmon boʻlib turgan nemis millatiga mansub sayyohlardan biri oddiygina munchoqli qopchani 50 AQSh dollariga  olib ketgan.

Qiziqish va eʼtibor bilan “tosh qalʼa”lik  chevarlarning hunarmandchilik buyumlarini kuzatamiz. Betakror buyumlar, bolalar yumshoq oʻyinchoqlari, koʻzlarni olgulik gul va quroq koʻrpalar. Bular haqida “Tosh qalʼa” MFY “Qaynonalar kengashi” jamoatchilik komissiyasi raisi Fotimaxon opa Sattorova toʻlqinlanib soʻzlaydilar:

- Bularning barchasini onaxonlarimiz rahbarligida yoshlarimiz yasashgan!

Koʻrgazma foyesiga qoʻyilgan xalq hunarmandchiligining betakror namunalarini, biri-biridan mamnun, ahil va totuv xalqimizni kuzatarkanmiz, atrofiga yoshlarni toʻplab, qozoqcha sheʼr-u oʻlanlar aytayotgan ogʻa diqqatimizni tortdi. “Juregingdi iyelesin joʻlbars” satrlari bilan boshlanuvchi qozoqcha sheʼrni hayajon bilan yoddan oʻqiyotgan “Boʻz yop” ovullik Oʻrozali ogʻa Yermekenov, Mangʻit shahridagi “Farovon” mahallasi yigit-qizlarining biri-biridan qolishmay kuylayotgan rus xalqining “Chastushka” lari, “Doʻrman” ovullik Tursunoy eje Sattorovaning turkmancha “aydim” lari, koʻrgazmaga ajib tarovat baxsh etib turgan oʻzbekcha, qoraqalpoqcha laparlar, oʻlanlar, baxshiyona jirlovlar azaliy ogʻa-ini, qon-qarindosh xalqimizni bir-biriga bogʻlab turgan bu uzilmas rishtalar har birimizga zavq-shavq bagʻishladi.

 Koʻrgazma zalidan joy olgan “Oʻrta qalʼa” ovulida yashovchi mehnat faxriysi Shavkat ogʻa Chorshamovning shaxsiy muzey eksponatlari barchaning diqqat va eʼtiborini tortdi.

- Men bu tarixiy buyumlarni butun umrim boʻyi yigʻdim, - deydi Shavkat ogʻa.

 – Agar razm solib qarasangiz, har bir buyum xalqimizning olis oʻtmishidan hikoya qiladi. Shavkat ogʻa Chorshamovning shahsiy muzey eksponatlari 1000 dan ziyod.

- Faqat kichkina boʻlsa-da, bir bino boʻlsa-yu, men bu narsalarimning barchasini tumanimiz tarixiy muzeyiga topshirsam...

Koʻrgazma bahona, haqiqatdan ham Shavkat Chorshamov tomonidan toʻplangan eksponatlar uchun moʻʼjazgina bir bino berilishini va bu tarixiy ashyolar xalqimizning bebaho mulkiga aylanishini biz ham istadik.

“Oʻzbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida xalqimizni jamlagan tadbirning adabiy-badiiy, musiqiy qismi ochilish marosimi ham hayajonli daqiqalarga boy boʻldi. Unda tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldashev tadbir ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan qutlugʻ ayyom – Navroʻzi olam bilan samimiy tabrikladi.

- Aslida mart– biri-biridan goʻzal bayramlar faslini boshlab keladi, - dedi tuman hokimi oʻz tabrik nutqida. – Navroʻz – bayramlar sarvaridir. Navroʻz – oʻzaro mehr-oqibat, totuvlik va bagʻrikenglik anʼanalarni oʻzida mujassam etgani bilan qadrli. Navroʻz kelishi bilan tabiatda oʻzgarish, dehqonchilik tavqimida jadallashish boshlanadi. Navroʻz – yahshi niyatlar, ezgu orzular elchisi. Hamisha ahil va totuv xalqimizga, barchangizga Navroʻzi olam muborak boʻlsin!

Amu elimizni qutlagani tashrif buyurgan aziz mehmonlar galma-galdan soʻz olishdi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi qozoq milliy madaniyati markazi raisi Jayjaxan Darmenov, Qoraqalpoq Davlat Universiteti dotsenti Qayirjon Aralbayev, Maqsad Babaniyazov qozoq millatiga mansub “Boʻz yop” ovullik Oʻrozali Yermekenovlar xalqimizning asrlar osha qadrlanib kelayotgan bir-birovga ogʻa-inilik mehr-muhabbati, oqibati haqida toʻlqinlanib gapirdilar.

Tumanimizning turli hududlarida yashab, mehnat qilayotgan qozoq, qoraqalpoq, oʻzbek turkman kabi millatlarga mansub turli sohalarning fidoyilariga tuman hokimining tashakkurnomalari taqdim etildi.

Qoraqalpogʻiston Pespublikasi qozoq milliy madaniyati markazi raisi Jayjaxan Darmenov millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik tamoyillari asosida ish yuritgani, tumanda yashayotgan qozoq millatiga mansub kishilar uchun namunali hayot, oʻqish va ish sharoitlarini yaratib bergani, yagona oila farzandlari kabi ahillik muhitini yaratgani uchun tumanimiz hokimi S.Yoʻldashevga Qoraqalpogʻiston Pespublikasi qozoq milliy Madaniyati markazining tashakkurnomasi hamda Qozogʻiston Pespublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning kitobini topshirgan lahzalarda madaniyat saroyini gulduros olqishlar tutdi, xalqimiz hayajon bilan bir-birlarini muborakbod  etishdi.

Millatlararo totuvlik, doʻstlik va bagʻrikenglik, mehr-oqibat tarannumi tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy musiqiy dasturga ulanib ketdi. Tadbir mehmonlari – Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Mirzagul Safayeva, Qoraqalpogʻistonda hizmat koʻrsatgan artist Gulnora Muntiyeva ijrosidagi qoraqalpoq xalq qoʻshiqlari bilan davra kengdan olinib, yanada fayzli boʻldi.

***

 Biri-birini takrorlamaydigan tadbirlar bu maskanda, tumanimizda har kuni, har soatda davom etayotir. Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tashkillashtirilib, tumanimizning toʻrt tomonidan Sumalak sayliga kelgan onaxonlar, qiz-u kelinchaklar to “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz!” adabiy-musiqiy koʻrgazmali tadbir yakuniga qadar dahsar qozonning olovini oʻchirmadilar. Ahillikdan, totuvlik, mehr-oqibat va samimiyatdan rang olgan Sumalak yetildi!

– Sumalak-ka-a-a!

“Ofarin” xalq folklor-etnografik ansambli karnay-surnay, doira sadolari bilan Amu elini Sumalak tortilgan dasturxonlar atrofiga chorladi. Anorgul ejening childirmasi karnay-surnay, doira sadolariga hamohang jarang sochdi:

Bir hovuch bugʻdoymi ul – qozon toʻla sumalak,

Momolar tongga qadar oʻchoq boshida xalak.

Omonlikning ramzi ul– xushtaʼm, shirin sumalak,

To omon boʻlgay odam, boʻlmagay olam halak,

Omon-omon dam bugun koʻngillarning  hamrozi –

Bahorim, sen fasllar ichra eng sarvinozi!

Dahsar qozonga choʻmich urgan momolar el-yurtga omonlik, rizq-roʻz tiladilar. Nasibaxon-u Munavvar hamda Fotimaxonlar, Bibioysha ena, Momojon va Sanamjon enalar, Anorgul ejelar mehri taftida, samimiyat choʻgʻida ollanib pishgan sumalak butun ahli Amu oilalariga tatidi! Bu sumalak hammaga yetdi va har bir xonadonga fayz baxsh etdi. Zotan, Amu elining oʻzi bitta oila! Dasturxoni, shohsupalarga zeb bergan atlas koʻrpachasi, hatto beshig-u belanchagi bitta! Bu tutumning mazmun-mohiyati ham bitta – totuvlik, mehr-oqibat! Ana shu mohiyat mangu, Navroʻzi olam muborak, onajon Amu elim!

Pobiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026