Tomorqada issiqxona qurishda nimalarga eʼtibor berish kerak?
Bir sotixlik issiqxona qurish uchun uzunligi 18-20 metr, eni 6 metr boʻlgan maydon tanlanishi maʼqul. Buning uchun tuproq 20 santimetr chuqurlikda kovlangach, shu yerning oʻzidan eni 30-35 santimetr, boʻyi 45-50 santimetr boʻlgan poydevor koʻtariladi. Shundan soʻng ikki yon tomonga 2,8 yoki 3 metr balandlikda 8 tadan ustunlar oʻrnatiladi. Ustunlarning har ikkalasi oraligʻida balandligi 80 santimetr, eni esa 40 santimetrlikdagi shamollatgich (tuynuk) qoldirilib, pishiq gʻisht yoki paxsa devor bilan bekitilgach, suvoq qilib tashlanadi. Issiqxonani yopish uchun ustunlar ustiga kengligi 5-8 santimetrlikdagi metall uzunasiga payvandlanadi. Bu ikki tomonlama qoʻyilganda 1 sotix yerga 36 metr metall ketadi degani.
Bir qavatli polietilen plyonka bilan qoplangan, bir sotixlik isitiladigan issiqxona tiklash uchun (metall, simlar, tayanch ustunlari, beton qorishmalari, payvandlash, tuproq ishlari) ketadigan sarf-xarajat 350-400 ming soʻmdan oshmaydi. Bunga polietilen plyonka, transport isitish, dorilash xarajatlari qoʻshilsa, issiqxonaning jami narxi 700-750 ming soʻmga boradi.
Pomidor koʻchati yetishtirishda mahalliy Sitora, TMK-2, Avitsena, Sharq yulduzi, Doʻstlik, Sevara, Shafaq, Surxon-142, Zakovat, Nurafshon F1 navlarini ekish tavsiya etilib, bir sotix maydonga yetarli miqdorda koʻchat tayyorlash uchun 350-400 gr. urugʻ sarflanadi. 1 kg pomidor urugʻning oʻrtacha narxi 77-80 ming soʻmni tashkil qiladi.
1 sotix yerdan 80-100 mingta koʻchat olinsa, 1 dona pomidor koʻchatining narxi 80-100 soʻm boʻlganda, jami daromad 8 mln.soʻmni tashkil qiladi. Jami 2 mln. soʻmni tashkil qilsa, 1 sotix yerdan 6 mln. soʻm foyda olish mumkin.
Manba: mehnat.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶