Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bağişlangan uçraşuvdagi nutqi
Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar!
Hurmatli döstlar!
Hammamiz orziqib kutgan mana şu gözal bahor kunlarida, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida siz, azizlar bilan uçraşib turganimdan ğoyat mamnunman.
Avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda barça onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ana şu bayram bilan çin qalbimdan muborakbod etib, özimning çuqur hurmat va ehtiromimni bildirişga ijozat bergaysiz.
Bu qutluğ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinçi navbatda muqaddas va möʼtabar Ona siymosiga taʼzim qilamiz.
Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bölib keladi. Şu bois ham dunyodagi eng buyuk sanʼat asarlari, qöşiq va qasidalar, meʼmoriy obidalar ayollar şaʼniga bağişlangandir.
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va körki bölgan xotin-qizlarni eʼzozlaş, ularga hurmat va ehtirom körsatiş xalqimiz uçun azal-azaldan buyuk qadriyat bölib kelgan va şunday bölib qoladi. Çunki sizlar bilan hayotimiz gözal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafşondir.
Heç şubhasiz, Özbekiston deb atalgan jonajon Vatanimizda har qaysi mard yigit avvalo mehribon onasi, oilasi, farzandlari baxtli bölişini albatta istaydi, hazrat Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu yölda özining butun borliğini bağişlaşga tayyor turadi.
Bugungi bayramni biz – Özbekiston öğlonlari, mardi maydonlari avvalo, dilimizda, qalbimizda sizlarga bölgan mehr va muhabbatimizni yana bir bor izhor etiş imkonini beradigan ayyom, deb qabul qilamiz.
Aziz va muhtarama opa-singillar!
Bugungi kunda Özbekistonni yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarga erişişda siz, azizlarning beqiyos hissangiz bor. Buning uçun sizlarga har qança tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan işçi va xizmatçilarning 45 foizini xotin-qizlar taşkil etadi. Jumladan, davlat va jamoat taşkilotlari tizimida 1 ming 400 ga yaqin opa-singillarimiz rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati bölib, 1 ming 75 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengaşlari tarkibida faoliyat yuritmoqda.
Önlab opa-singillarimiz “Özbekiston Qahramoni”, “Özbekiston fan arbobi”, “Özbekiston xalq öqituvçisi”, “Özbekiston xalq şoiri”, “Özbekiston xalq artisti” singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlariga, orden va medallariga sazovor bölgan. Ularning orasida 500 nafardan ziyod fan doktorlari va akademiklar, minglab fan nomzodlari öz bilimi va isteʼdodi bilan Vatanimiz ravnaqiga astoydil xizmat qilib kelmoqda.
Bugungi davramizda ana şunday muhtarama ayollarimizni, ularning davomçilari bölgan isteʼdodli qizlarimizning munosib vakillarini körib turganimdan xursandman.
Qadrli döstlar!
Sizlarga yaxşi maʼlum, hurmatli opa-singillarimizning jamiyat hayotidagi örni va nufuzini oşiriş maqsadida yaqinda “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuçaytiriş, qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, qobiliyat va salohiyatini röyobga çiqariş, oila institutini mustahkamlaş, onalik va bolalikni himoya qilişga qaratilgan köplab çora-tadbirlar belgilandi.
Heç kimga sir emas, Xotin-qizlar qömitasidan, uning joylardagi bölimlaridan köp narsalarni talab qilar edik. Lekin, oçiq aytiş kerak, buning uçun ularda yetarliça imkoniyat bormi-yöqmi, bu haqda köpinça öylab körmas edik. Bu qömita ayollarning muammolarini bilgani bilan, ularni hal etiş böyiça deyarli amaliy çoralar körolmas edi.
Şularning barçasini hisobga olib, avvalo Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi va uning hududiy bölinmalarining yangilangan tuzilmalari tasdiqlanib, ştat birliklari hamda xodimlarining oylik iş haqi oşirildi. Ularga qöşimça vakolat va imkoniyatlar berilib, samarali faoliyat yuritişi uçun zarur şaroitlar yaratilmoqda.
Farmonga binoan şu yil 1-apreldan boşlab fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassis lavozimi joriy etilmoqda.
Şunga eʼtibor bering, endi 8 ming 800 ta bilimdon, jonkuyar mutaxassis ayollar oilaviy munosabatlarni yaxşilaş, nizoli vaziyatlar, ajralişlar, barvaqt nikohlarning oldini oliş, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, xotin-qizlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi böyiça doimiy iş olib boradi.
Hammamiz yaxşi tuşunamiz, bugungi tez özgarayotgan, ziddiyatli davrda oilaviy masalalarni ilmiy asosda çuqur örganmasdan turib, ijtimoiy hayotdagi köplab murakkab savollarga javob topiş qiyin. Şuning uçun Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bölinmalari taşkil qilindi va ularning iş faoliyatini samarali yölga qöyiş, bino va zarur jihozlar bilan taʼminlaş çoralari körilmoqda.
Şu bilan birga, ilgari Adliya vazirligi tasarrufida bölib kelgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş idoralari, eskiça aytganda, ZAGS idoralari tuman yoki şahar hokimi örinbosari – Xotin-qizlar qömitasi raisiga böysundirildi. Endi ular nafaqat nikoh munosabatlariga oid hujjatlarni rasmiylaştiriş, balki oila institutini mustahkamlaş, oilaviy ajralişlarning oldini oliş böyiça ham faol iş olib boradi. Masalan, oila universitetlarini taşkil etiş, nikohdan ötadigan şaxslar bilan suhbatlar olib boriş, töy-marosimlarni tartibli ötkaziş, ajralişlarning oldini oliş va boşqa muhim çora-tadbirlarni amalga oşirişda iştirok etadi.
Şu fursatdan foydalanib, siz, muhtarama opa-singillarimizdan töy va maʼrakalarimizni ixçam va mazmunli ötkaziş böyiça öz fikrlaringizni bildirib, uni hal qilib berişlaringizni iltimos qilaman.
Farmonga asosan Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tuzilib, uning faoliyatini samarali taşkil etiş uçun hozirça 300 milliard söm mablağ ajratilmoqda.
Ana şu mablağ hisobidan xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, ayniqsa, qişloq joylardagi yoş qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandlikka keng jalb etişga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu boradagi saʼy-harakatlar faol tadbirkorlikni rivojlantiriş, ayollarning oiladan, farzand tarbiyasidan ajralmagan holda kasanaçilik, tomorqaçilik bilan şuğullanişi uçun zarur şaroit yaratadi.
Qabul qilingan Farmonga muvofiq, kam taʼminlangan, şaxsiy uy-joyga muhtoj oilalarga uy-joy oliş uçun ajratiladigan kreditlarning boşlanğiç badallarini tölab berişda ham fond mablağlaridan foydalaniş belgilangan.
Farmonda yana bir muhim yangilik közda tutilgan. Unga binoan bu yildan eʼtiboran Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ön tört yoşga tölgan va öttiz yoşdan oşmagan iqtidorli qizlarga beriş böyiça yangi tartib joriy etildi.
Endi har yili Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan ikki nafardan qizimizga bu mukofot beriladi.
Bu yil 28 nafar isteʼdodli qizimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor böldi. Bugun ularga ana şu mukofotlarni sizlarning huzuringizda tantanali ravişda topşiramiz.
Albatta, Farmonda belgilab berilgan dolzarb vazifalar haqida yana uzoq gapiriş mumkin. Lekin, hammamiz yaxşi tuşunamiz, bu vazifalar hali – maqsad, reja, xolos, ularni samarali amalga oşiriş uçun hammamiz, avvalo, siz, hurmatli xotin-qizlarimiz bilan birgalikda faol iş olib borişimiz kerak.
Muhtaram yiğiliş iştirokçilari!
Xabaringiz bor, ötgan bir yil davomida biz xalqimiz, jumladan, xotin-qizlar bilan muloqot olib borişni davlat siyosati darajasiga kötardik. Şu asosda qişloq va şaharlarimizda uyma-uy yurib, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni örganiş, bu boradagi muammolarni hal etiş böyiça samarali tizim yaratildi. Hozirgi vaqtda ana şu tizimning muhim bir qismi sifatida markazdan tortib eng olis tumanlargaça jamoatçilik nazorati guruhlari faoliyat körsatmoqda.
2017-yilda 5 milliondan ortiq xonadondagi muhit örganilib, 15 million fuqaro bilan muloqot ötkazildi, aholi tomonidan kötarilgan 500 mingdan ziyod muammoning 72 foizi joyida hal etildi, 14 mingdan ortiq oiladagi notinç vaziyat bartaraf qilindi. Şular qatorida yurtimizda yaşab kelayotgan, lekin fuqaroligi bölmagan 1 ming 100 dan ortiq şaxsga Özbekiston fuqaroligi berildi. Ular orasida yuzlab ayollar ham borligi va ularga nisbatan adolatning tiklangani, heç şubhasiz, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş yölidagi muhim qadamdir.
Mamlakatimizda şu paytgaça xotin-qizlarni eng köp bezovta qilib kelgan masala – maktabgaça taʼlim muassasalarini rivojlantirişga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Bu çuqur öylangan siyosat bölib, yurtimizda uzluksiz taʼlim va tarbiya tizimini mukammal şakllantiriş imkonini beradi.
Şu nuqtai nazardan qaraganda, “Kelajak – boğçadan boşlanadi” degan şior balandparvoz gap emas. Aslida vatanparvarlik, el-yurtga fidoyilik bir qaraşda oddiy, lekin hayot talabi bölgan ana şunday dolzarb işlardan boşlanadi.
Biz bu yil 3 mingdan ziyod bolalar boğçasini taşkil etişni rejalaştirganmiz. Şundan 1 ming 200 ta boğça yangitdan quriladi, 1 ming 360 ta boğça mavjud binolarda va 470 ta boğça esa uy boğçasi sifatida taşkil etiladi. Bu borada davlat-xususiy şeriklik munosabatlari asosida hududlarga biriktirilgan tijorat banklari va tadbirkorlar imkoniyatlarini keng işga solamiz.
Men hududlarga borganimda şahar va tumanlarimizda barpo etilayotgan yangi boğçalar, ulardagi şaroitlar bilan tanişişga alohida eʼtibor beraman. Eng asosiysi, bunday işlardan onalar, ayollarimiz, jajji farzandlarimiz mamnun bölmoqda.
Ayni vaqtda bu sohada hal qilişimiz zarur bölgan masalalar ham köp. Masalan, uşbu tizimda faoliyat körsatayotgan qariyb 60 ming tarbiyaçining atigi 21 foizi oliy maʼlumotli, qolgani esa örta maxsus maʼlumotga ega.
Ana şu masalani hal qiliş uçun 2018-2019 öquv yilidan boşlab oliy öquv yurtlarida maktabgaça taʼlim yönalişi böyiça kunduzgi bölimda bakalavrlar tayyorlaydigan 3 yillik tizimni joriy etmoqdamiz. Şuningdek, bu yönaliş böyiça sirtqi va keçki taʼlim şaklida bakalavrlar tayyorlaş tizimi ham yölga qöyiladi.
Mart oyidan boşlab hududlarimizdagi universitet va pedagogika institutlari bazasida boğça pedagoglari va şu sohada mutaxassis bölmagan kadrlar uçun yarim yillik öquv dasturlari asosida qayta tayyorlaş kurslari taşkil etilmoqda.
Xabaringiz bor, biz uşbu soha xodimlarining maşaqqatli mehnatini rağbatlantiriş maqsadida yaqinda alohida qaror qabul qildik. Unga köra, şu yil 1-martdan boşlab boğça xodimalarining iş haqi ikki bosqiçda sezilarli ravişda oşirib boriladi. Ana şu maqsadlar uçun 2018-yilda davlat byudjetidan 386 milliard söm qöşimça mablağ ajratiladi.
Bundan taşqari, 2023-yilning 1-yanvarigaça Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatidagi iqtisodiy ahvoli oğir bölgan ayrim tumanlarda maktabgaça taʼlim muassasalarida boğça tölovlari miqdori 50 foizga kamaytirildi.
Qadrli yurtdoşlar!
Mamlakatimizda onalik va bolalikni himoya qiliş, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlaş maqsadida tibbiyot sohasini, xususan, şoşilinç tibbiy yordam tizimini yanada takomillaştiriş, dori-darmon taʼminotini yaxşilaş böyiça köp işlar qilinmoqda. Ana şu işlarni yangi bosqiçga kötariş uçun joriy yilda byudjet mablağlari hisobidan qariyb 1 trillion söm mablağ ajratilib, bu borada yangi qadamlar qöyiladi.
Barça hududlarda perinatal yordam sifatini yaxşilaş, onalar va bolalarga körsatiladigan tibbiy xizmat darajasini oşiriş maqsadida xalqaro moliya institutlarining yordamini ham jalb etiş közda tutilmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning dam olişi, salomatligini tiklaşiga ham katta eʼtibor berilmoqda. Bu haqda gapirganda, bir raqamga diqqatingizni qaratmoqçiman. Har yili kasaba uyuşmalariga qaraşli sanatoriylarda dam olayotgan aholining 60 foizini ayollar taşkil etmoqda. 2017-yilda 75 mingga yaqin ayol ana şunday maskanlarda imtiyozli yöllanmalar asosida soğlomlaştirildi.
Şu bilan birga, qişloq vraçlik punktlari faoliyatini, profilaktika va patronaj tizimini yanada takomillaştiriş borasida keng kölamli işlar olib borilmoqda.
Ayni vaqtda hammamiz yaxşi bilamiz, bu sohada ham muammolar yöq emas. Xususan, homilador ayollarni skrining körigidan ötkaziş işlari talab darajasida emas. Bu boradagi jiddiy kamçiliklarga barham beriş maqsadida oilaviy poliklinikalar va qişloq vraçlik punktlarida qizlarimiz, ayollarimiz uçun alohida tibbiy maslahatxonalar taşkil etilmoqda.
Bu masalalarning ahamiyatini sizlar ona sifatida, tarbiyaçi va murabbiy sifatida, öylaymanki, boşqalardan köra yaxşiroq tuşunasiz.
Biz xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, köp yillar davomida oğir masala bölib kelgan uy-joy muammosini hal qilişga kirişdik.
Bu borada, ayniqsa, ipoteka kreditlari asosida qurilayotgan arzon uy-joylar köpçilikka maʼqul bölmoqda.
Ötgan yili şahar va qişloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va köp qavatli uy-joylar barpo etilib, minglab yurtdoşlarimiz yangi, zamonaviy turar joylarga ega bölişdi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bölgan fuqarolarning turmuş şaroitini yaxşilaş, ularga imtiyozli uylar ajratiş böyiça yangi tizim joriy etilgani, ayniqsa, muhim ahamiyatga egadir.
2017-yilning özida 1 ming 207 nafar muhtoj, nogiron ayolga arzon uy-joylar berildi. Ularning 972 nafariga homiy taşkilotlar tomonidan tikuv maşinalari olib berilib, kasanaçilik bilan şuğullanişi uçun şaroit yaratildi.
Joriy yilda bu yönalişdagi işlarimiz yanada kengaytirilib, 10 mingdan ortiq ijtimoiy yordamga muhtoj, nogiron ayollar iş örinlari bilan taʼminlanadi. 2018-yilda aholi, ayniqsa, yoş oilalarning ehtiyojini hisobga olib, arzon uy-joylarni quriş hajmi 1,5-2 barobar oşiriladi. Bu maqsadlar uçun 5 trillion 286 milliard söm mablağ yönaltiriladi.
Şu bilan birga, oğir maişiy şaroitda yaşayotgan, boquvçisini yöqotgan, nogironlarni parvariş qilayotgan oilalarga 242 milliard söm mablağ ajratiladi.
Ötgan yili mamlakatimiz böyiça 120 mingdan ortiq tadbirkor xotin-qizlarga jami 2 trillion 700 milliard sömlik kreditlar berildi, 84 mingdan ziyod xotin-qizlarimiz doimiy iş joylari bilan taʼminlandi, ayollarni kasbga öqitiş kurslari taşkil etilib, ularda minglab opa-singillarimiz turli kasblarga örgatildi.
Sizlarga maʼlumki, biz 2018-yilni yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvatlaş yili, deb eʼlon qildik. Şu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturi doirasida tadbirkor ayollarga bu yil 2 trillion 800 milliard sömlik kredit mablağlari ajratiş möljallanmoqda.
Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekşiriş böyiça ikki yillik moratoriy eʼlon qilingani oilaviy biznes, kasanaçilik, xususiy tadbirkorlik rivoji uçun keng imkoniyatlar oçib bermoqda.
Ötgan yili madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantiriş böyiça qilingan işlar ham xotin-qizlarning hayotiy manfaatlariga bevosita daxldor, deb öylayman. Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va bir qator viloyatlarda oliy öquv yurtlarining filiallari, isteʼdodli öğil-qizlarimiz uçun uluğ adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari hamda “Temurbeklar maktablari”, “Uluğbeklar maktablari” barpo etildi.
Albatta, miqyosi va kölami tobora kengayib borayotgan bunday ezgu işlarimiz haqida yana köplab misollar keltiriş mumkin. Lekin biz bu işlarning barçasini katta yöldagi dastlabki qadamlar, deb bilamiz. Hayotimizni yangilaş, onalarimiz, opa-singillarimizni rozi qiliş maqsadida boşlagan işlarimiz biz kutgan amaliy natijalarni berişi uçun kelgusida ularni yanada kuçaytiramiz.
Hurmatli yurtdoşlar!
Bugungi kunda xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar kuçayib borayotgani butun insoniyatni, jumladan, bizni ham qattiq xavotirga solmoqda. Bunday murakkab şaroitda yurtimizda va mintaqamizda tinçlik va osoyiştalikni asraş har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Biz bu borada qöşni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga alohida eʼtibor bermoqdamiz.
Mana, erta-indin Tojikiston Respublikasiga davlat taşrifi bilan boramiz. Yaqin qöşnimiz bölgan bu mamlakat bilan ham köplab muhim masalalarni özaro muhokama qilib, ularni amaliy jihatdan hal etiş niyatidamiz.
Biz xorijiy mamlakatlarda qonuniy asosda mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan fuqarolarimizga nisbatan munosabatni tubdan özgartirdik.
Yurtimizdan maxsus delegatsiyalar borib, çet ellardagi vatandoşlarimiz bilan uçraşuvlar ötkazayotgani, ularning mehnat va yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, haq-huquqlarini taʼminlaş böyiça mahalliy boşqaruv idoralari bilan birgalikda zarur çora-tadbirlar körilayotganidan, öylaymanki, sizlar xabardorsiz. Jumladan, xorijiy davlatlarda muvaffaqiyatli işlab yurgan yuqori malakali olim va mutaxassislarimiz, vraçlar, salohiyatli investorlarni – ularning orasida isteʼdodli opa-singillarimiz ham köp – yurtimizga taklif etib, öz bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqi yölida işlatişi uçun barça şaroitlarni yaratib bermoqdamiz. Çunki bu insonlar ham bizning vatandoşlarimiz, Özbekiston fuqarolaridir. Şuning uçun biz bu işlarni kelgusida yanada kuçaytiramiz.
Maʼlumki, mamlakatimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş maqsadida diniy-ekstremistik oqimga mansub şaxs sifatida hisobda turadigan fuqarolarga nisbatan munosabatimizni butunlay özgartirdik. Bunday şaxslarni özimizga yaqin olib, dardiga quloq tutganimiz bugun öz natijasini bermoqda. Hozirgi vaqtda ana şunday minglab fuqarolar soğlom turmuş tarziga qaytarildi.
Bu dunyoda eng yomon narsa nima? Taʼnayu malomat emasmi? Şu nuqtai nazardan qaraganda, bu insonlarning oilasi, farzandlari “Bu falonçining xotini”, “Bu falonçining bolasi” degan har xil taʼnalardan qutulgani eng katta iş böldi. Endi ular mahallada, maktabda, köça-köyda boşini kötarib, ijtimoiy hayotimizda faol qatnaşiş imkoniga ega böldi. Bugungi kunda ana şu fuqarolarning hayotiy muammolarini hal etiş, işga joylaştiriş, tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagini bildirganlariga bank kreditlari ajratiş böyiça aniq çoralar körilmoqda.
Yurtimizda töğri yöldan adaşgan insonlar umuman bölmasligi uçun bu boradagi işlarni susaytirmasdan, izçil davom ettirişimiz kerak. Öz faoliyatimizni jaholatga qarşi maʼrifat asosida taşkil etişimiz lozim.
Özbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-maʼrifiy muassasalar ham ayni şu maqsadlarni közlab taşkil etilgani barçangizga yaxşi maʼlum, deb öylayman.
Siz, hurmatli ayollarimiz özingizning onalik mehringiz, hayotiy bilim va tajribangiz bilan farzandlarimizni turli xavf-xatarlardan asraşda, ularni mustahkam irodali, maʼnaviy-intellektual jihatdan yetuk, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalaşda bundan buyon ham kuç-ğayratingizni ayamaysiz, deb işonaman. Ayniqsa, qiz bolalarni hayotga tayyorlaş, ularni zamonaviy bilimlar, kasb-hunarlarga örgatişda biz avvalo sizlarga suyanamiz.
Xabaringiz bor, ötgan yili köpçilik ota-onalar, yoşlarimiz, keng jamoatçilik tomonidan bildirilgan takliflarni hisobga olib, umumtaʼlim maktablarida 11 yillik tizimni tikladik. Bunday qarorni qabul qilişda birinçi navbatda sizlarning fikringizni eʼtiborga olganimiz, qizlarimizning taqdiri, kelajagi haqida öylaganimiz – buyam ayni haqiqat. Çunki qiz bola uzoq şahar yoki tumandagi kollejga bormasdan, ota-onasining bağrida turib, özining qadrdon maktabida öqişni davom ettirsa, uning özi ham, oilasi ham tinç-xotirjam böladi.
Farzandlar tinçligi, ularning baxti, kamoli – jamiyatning eng katta boyligi. Buning ahamiyatini ota-ona bölgan odam biladi. Ayniqsa, hozirgi notinç, murakkab zamonda bu haqiqatni yanada çuqurroq anglaş – bu ham hayot talabidir.
Hurmatli anjuman qatnaşçilari!
Bugungi davramizda muhtaram mehmonlarimiz – Amerika Qöşma Ştatlari elçisi Pamela Spratlen xonim, Xitoy Xalq Respublikasi elçisi Tszyan Yan xonim, Frantsiya elçisi Violen de Vilmor xonim, Misr Arab Respublikasi elçisi Amani Eletr xonim, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Özbekistondagi vakolatxonasi boşliği Xelena Freyzer xonimlar iştirok etib, bayram quvonçini biz bilan baham körişmoqda. Bu aziz mehmonlarimizni sizlarning nomingizdan, öz nomimdan samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida katta yutuq va omadlar tilaşga ruxsat bergaysiz.
Qadrli opa-singillar!
Biz şahar va qişloqlarimiz, butun yurtimizni yanada ravnaq toptiriş, xalqimiz hayotini munosib darajaga kötariş böyiça qanday reja va dasturlar qabul qilsak, avvalo siz, azizlarning orzu-niyatlaringiz va manfaatlaringizni röyobga çiqarişni öz oldimizga vazifa qilib qöyganmiz. Hozirgi kunda bu borada katta amaliy işlarni boşlamoqdamiz.
Butun mamlakatimiz böyiça zamonaviy loyihalar asosida ulkan quriliş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Bu borada, ayniqsa, “Obod qişloq” dasturi muhim ahamiyatga egadir. Bu avvalo ayollarimizning turmuş şaroitini yaxşilaş, ularning kayfiyati, dunyoqaraşini yuksaltirişga juda katta ijobiy taʼsir körsatadigan dasturdir. Ana şunday dasturlarimiz asosida yöllar, taʼlim va tibbiyot, madaniyat, sport maskanlari, uy-joylar yangilanmoqda. Minglab zamonaviy işlab çiqariş korxonalari, kiçik biznes, turizm va xizmat körsatiş obʼektlari barpo etilmoqda.
Ayniqsa, içki turizm böyiça yaratilayotgan imkoniyatlar yurtimiz böylab sayohat qiliş, öz tariximiz va madaniyatimizni yanada çuqur bilişga qaratilgani bilan eʼtiborlidir.
Öylaymanki, Navröz bayrami munosabati bilan belgilangan qöşimça dam oliş kunlarida sizlar oilangiz, farzandlaringiz bilan ana şunday şaroitlardan foydalanib, mazmunli dam oliş imkoniga ega bölasiz.
Aziz opa-singillar!
Sözimning oxirida barçangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklayman.
Mening tilagim, mening maqsadim bitta – oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamişa soğ-omon bölinglar!
Nega deganda, ayollarimizning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.
Barçangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinçlik, fayzu baraka tilayman.
Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardoğida böliş hammangizga nasib etsin!
Katta rahmat sizlarga.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶