Diqqat, eʼlon!
Tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tuman fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Bandlikka koʻmaklashish markazi, Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi, tumanimizdagi kasb-hunar kollejlari va tijorat banklari hamkorligida 2018-yil 7-mart kuni Amudaryo akademik litseyida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.
“Yoshlar kelajak bunyodkori”, “Xalqimiz xizatida boʻlish va yurtimizning rivojlanishiga hissa qoʻshish – katta baxt” mavzusida oʻtkaziladigan koʻrgazma doirasida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi ham tashkil qilinadi.
Mazkur tadbirda tumanimizda samarali ish yuritayotgan korxona va tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz, boʻsh ish oʻrinlari, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida maʼlumot olishingiz mumkin.
Hurmatli yoshlar!
Oʻz tadbirkorlik faoliyatingiz va biznesingizni yoʻlga qoʻyish, kasb faoliyatingiz bilan Vatanimiz ravnaqiga hissa qoʻshish istagida boʻlsangiz, koʻrgazmaga tashrif buyuring!
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶